Jahon | 03:05 / 22.06.2017
11322
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston MSKga prezidentlikka nomzod Temir Sariyevdan ariza kelib tushdi

Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasiga kuzda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida ishtirok etish uchun nomzodlardan biri — Temir Sariyevdan ariza kelib tushdi, deb xabar bermoqda «24.kg» MSKdagi manbalariga asoslanib.

Eslatib o‘tamiz, sobiq bosh vazir — «Akshumkar» partiyasidan davlat rahbari lavozimiga nomzod sifatida ilgari surilgan. Bundan sal avvalroq Bishkekda siyosiy tashkilotning yettinchi qurultoyi bo‘lib o‘tdi va unda delegatlar o‘z yetakchisini bir ovozdan prezidentlik saylovi uchun nomzod sifatida qo‘llab-quvvatlashdi.

Temir Sariyev endi boshqa nomzodlar singari MSKAga tegishli hujjatlarni, jumladan, 30 ming saylovchining imzosi tushirilgan saylov ro‘yxatlari va 1 million qirg‘iz so‘mi miqdorida saylov uchun garov puli taqdim etishi lozim.

Qirg‘izistonda prezidentlik saylovlari 15 oktabrda bo‘lib o‘tadi.

Ilgariroq saylovda qatnashish uchun MSKga hujjatlarni «Liga - Antikrizis» jamoatchilik birlashmasi rahbari Nazarbek Nishonov va «Ata Meken» partiyasi yetakchisi Omurbek Tekebayev ham topshirishgan edi.

Saylov uchun nomzodlarni ilgari surish 15 iyunda boshlangan va 15 avgustgacha davom etadi.

Mavzuga oid