Jahon | 19:31 / 23.06.2017
11473
2 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyev politsiyachilar maoshini oshirishga qaror qildi

FOTO AKORDA.KZ

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakat ichki ishlar idoralari tuzilganining 25 yilligi va Politsiya kuni munosabati bilan ichki ishlar idoralari xodimlari bilan uchrashdi.  

Nazarboyev yig‘ilganlarni yubiley sana bilan tabriklab, chorak asr avval aynan shu kuni Qozog‘iston ichki ishlar organlari tuzilganini qayd qilib o‘tdi.

Nazarboyev Qozog‘iston politsiyachilari hisobida jasorat va haqiqiy qahramonlikka ko‘plab namunalar borligini aytib o‘tdi.

"Bu odamlar jinoyatchilik bilan kurashishning birinchi qatorida turadilar hamda fuqarolar erkinliklari va huquqlarini birinchi bo‘lib himoya qiladilar. Oxirgi yillarda faoliyatingizning natijalari ochiq-oydin ko‘rinmoqda. O‘tgan yilga nisbatan jinoyatchilikning 15 foizdan ko‘proqqa pasaygani qayd qilindi", deb aytdi Nazarboyev. 

Nazarboyev ichki ishlar organlari xodimlari maoshlarini 1 iyuldan boshlab 25 foizga oshirish qarorini qabul qilganini ma'lum qildi.

"Odamlar sizga qarab davlat hokimiyati haqida qaror chiqaradilar. Shu sababli politsiyachi barchaga o‘rnak bo‘lishi kerak. Qozog‘istonlik politsiyachilar bundan buyog‘iga ham o‘z olijanob burchlarini muvaffaqiyatli ado etishda barcha sa'y-harakatlarni amalga oshirishlari, bor kuch, tajriba va g‘ayratlarini ayamay ishlashlariga ishonchim komil", deb o‘z so‘zlarini intiholadi Qozog‘iston prezidenti. 

Nazarboyev uchrashuv davomida bir qator politsiyachilarni davlat mukofotlari bilan taqdirladi. 

Nazarboyev tadbir oxirida barcha yig‘ilganlarga mashaqqatli xizmatlari uchun minnatdorchilik bildirdi va ularga sog‘liq, farovonlik va ma'suliyatli ishlarida muvaffaqiyatlar tilab qoldi.

Mavzuga oid