Jahon | 18:15 / 25.06.2017
17906
2 daqiqa o‘qiladi

Atamboyev Qirg‘iziston prezidentligiga qaysi nomzodni qo‘llab-quvvatlaydi?

Almazbek Atamboyev Qirg‘iziston prezidenti nomzodlari orasida kimni qo‘llab-quvvatlashi ma'lum bo‘ldi. Bu haqida davlat rahbarining jurnalistlarga bergan ma'lumotiga asoslanib, 24.kg sayti xabar berdi. 

Sooronboy Jeenbekov. Foto: Sputnik

Atamboyev mamlakat prezidentligiga nomzodlar orasida Sooronboy Jeenbekovni qo‘llab-quvvatlaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Jeenbekov prezident bilan birga parlament deputati bo‘lgan. Ular deyarli birinchi kuniyoq "Islohot" fraksiyasini tuzishgan, 70 deputatdan 29 nafari shu fraksiya a'zosi bo‘lgan.

"Sooronboy Sharipovich mening o‘rinbosarim bo‘lgan. O‘tgan 20 yildan ziyod vaqt davomida men uni tartib-intizomli, adolatli inson sifatida bilaman. U men bilan biroz qiynaldi, chunki o‘sha vaqtlar uning qarindoshlari turli lavozimlarni egallagan bo‘lgan, biroq Jeenbekov - mafkura kishisi, intizomli va to‘g‘riso‘z", - deya ishonch bilan ta'kidladi Almazbek Atamboyev.

"Bu mamlakat uchun yaxshi tanlov bo‘lar edi. Boz ustiga o‘tgan yilgi referendumdan keyin deyarli barcha iqtisodiy masalalar hukumat qo‘lida bo‘ladi. O‘ylashimcha, sentabr oyi boshida yangi hukumat shakllanadi va u 2020 yilgacha faoliyat yuritadi. Ko‘pchilik mamlakat o‘zgarganini tan olgisi kelmaydi. Aksariyat hanuz o‘tgan kun bilan yashaydi", - dedi u.

Mavzuga oid