Sport | 11:18 / 25.06.2017
13253
2 daqiqa o‘qiladi

MLS’da hakam futbolchi e'tirozidan keyin qizil kartochkani bekor qildi

AQShning Oliy futbol ligasi (MLS) chempionatidan o‘rin olgan "Filadelfiya Yunion" va "Di-Si Yunayted" uchrashuvi bosh hakami Sorin Stoyka "Di-Si" yarim himoyachisi Lusiano Akostaga ko‘rsatgan qizil kartochkasini bekor qildi. Uchrashuvning o‘zi esa "Filadelfiya" foydasiga 1:0 hisobida yakunlangan.

Hakamning o‘z qarorini bekor qilishiga esa Akostadan jabr ko‘rgan raqib jamoa – "Filadelfiya"ning yarim himoyachisi Xaris Medunyaninning e'tirozi sabab bo‘lgan. Medunyanin Akosta maydon chetida unga qo‘llagan qo‘polligi uchun qizil kartochkaga loyiq emasligini aytgan. Hakam uning fikriga qo‘shilib, jazoni bekor qilgan.  

"Men hakam yoniga borganimda u menga "U seni tepdi", dedi. Men esa "U meni tepdi deb o‘ylamayman, fikrimcha, bu shunchaki turtki bo‘ldi", deb aytdim. Fikrimcha, o‘sha holatda qizil kartochka bo‘lmagandi", deb aytdi o‘yindan keyin Medunyanin. 

Mavzuga oid