Light | 13:11 / 25.06.2017
13641
1 daqiqa o‘qiladi

Olimlar tavsiyasi: "Yozda vitaminlar iste'molida ehtiyot bo‘ling"

Vitaminlar foydali bo‘lgani bilan ularning me'yordan ortiq iste'moli salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu haqida olimlarning so‘zlariga asoslanib, "Ortodoks" tibbiy portali ma'lum qildi. 

Yoz mavsumi meva va sabzavotlarga boyligi sabab organizmni vitaminlar bilan to‘yintirish muammo tug‘dirmaydi. Aynan shu tabiiy mahsulotlar inson organizmini foydali mikroelementlar bilan ta'minlaydi. 

Shuni yodda tutish muhimki, vitaminlar ham ortiqcha bo‘lishi mumkin. Gap shundaki, ularning me'yordan oshishi organizmga aks ta'sir ko‘rsatadi.

Buni ayniqsa S vitamini misolida ko‘rish mumkin, uning sutkalik dozasi 40 milligramni tashkil qiladi. E vitamini iste'molida ham ehtiyot bo‘lish kerak, uni bir kunda 3-4 gramm qabul qilish yetarli bo‘ladi. 

Vitaminlar me'yorida bo‘lsa, davolovchi samara beradi, darmondorilarning me'yordan oshishi esa organizmni deyarli zaharlaydi. 

Mavzuga oid