Sport | 07:45 / 06.07.2017
8373
2 daqiqa o‘qiladi

Garri Kasparov shaxmatchilik faoliyatini qayta boshlamoqchi

Foto: epa/vostock-photo

Rossiyalik shaxmat ustasi Garri Kasparov sport faoliyatini qayta boshlab, Sent-Luisdagi (AQSh) Grand Chess Tour musobaqasining 3-bosqichida ishtirok etadi.

Mukofot jamg‘armasi 300 ming dollarni tashkil qiladigan musobaqa 2-12 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda butun dunyodan kuchli shaxmatchilar ishtirok etadilar. Kasparov esa asosiy musobaqalardan keyin 14-19 avgustlari o‘tadigan rapid va blits yo‘nalishlarida bellashadi. Bunda unga 9 shaxmatchi, jumladan rossiyalik Sergey Karyakin va Yan Nepomnyashiy raqiblik qiladi.

"O‘yinga rasman qaytish oldidan hayajon his qilmoqdaman va bu faoliyatim tugagandan 10 yil keyin bo‘lishini kutmagandim. Sent-Luisda shaxmat taxtasiga qaytish chinakamiga sharafdir, men bu lahza boshqa yerda yuz berishini istamasdim", deb aytgan 54 yoshli Kasparov.

Kasparov tarixdagi eng kuchli shaxmatchilardan biri hisoblanadi. U shaxmatlar bo‘yicha 13-jahon chempioni hisoblanadi va bu unvonni 1985 yildan 1993 yilgacha o‘zida saqlab kelgan. Kasparov 2005 yilda shaxmatchilik faoliyatini yakunlashini e'lon qilgandi.  

Mavzuga oid