Kirsan Ilyumjinov Kasparovning shaxmatga qaytishiga munosabatini bildirdi
Xalqaro shaxmat federatsiyasi prezidenti Kirsan Ilyumjinov o‘z intervyusida sobiq jahon chempioni Garri Kasparovning shaxmat faoliyatiga qaytishi bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi.
"U qandaydir boshqa sohada nimagadir erishmoqchi edi shekil, ehtimol, u siyosatdan hafsalasi qolgandir. Balki uning pullari tugagandir, musobaqa mukofot jamg‘armasiga ega-ku, moliyaviy masala ham muhim rol o‘ynaydi.
Nima uchun Kasparov faqat tezkor shaxmat va blits musobaqalarida o‘ynaydi? Bu yo‘nalishlarda shaxmatchining mohirligi yo‘qoladi, bu yerda tez o‘ylash kerak.
Yoki uning uzoq musobaqalarda o‘ynashga vaqti yo‘qmi? Ehtimol, u o‘zini avval tezkor shaxmatlar va blitsda sinab ko‘rib, keyin klassik shaxmat o‘ynashi kerakligi yoki yo‘qligini hal qilsa kerak", deb aytgan Ilyumjinov.
Avvalroq Kasparov Sent-Luisdagi Gran-tur bosqichida rapid va blits yo‘nalishlarida ishtirok etishi ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
11:59 / 11.01.2025
2024 yilda eng ko‘p pul ishlab topgan shaxmatchilar ma’lum qilindi
22:13 / 24.04.2024
Shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Garri Kasparov Rossiyada sirtdan hibsga olindi
22:25 / 06.03.2024
Shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Garri Kasparov Rossiyada «terrorchilar va ekstremistlar» ro‘yxatiga kiritildi
15:24 / 17.08.2022