Amnesty International Mo‘suldagi jinoyatlarni tergov qilishga chaqirdi
Huquq himoyasi bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilot Amnesty International Iroqning Mo‘sul shahrida tinch aholiga qarshi amalga oshirilgan jinoyatlarni mustaqil tergov qilishga chaqirdi.
«Mustaqil komissiyani ta'sis etish lozim, u xalqaro huquq buzilganiga doir aniq isbotlarga ega holatlarni adolatli tergovdan o‘tkazish, hamda uning natijalarini kafolatlashi mumkin edi», - deyiladi tashkilot hisobotida.
Huquq himoyachilari ma'lumotiga ko‘ra, Iroq hukumati kuchlari va IShID bilan kurash bo‘yicha AQSh boshchiligidagi koalitsiya Mo‘sulda «qator shafqatsiz va qonunga zid hujumlarni uyushtirgan». Xususan, iddao etilishicha, janglarda portlovchi xususiyatga ega quroldan foydalanilgan.
Amnesty’dan ta'kidlashlaricha, Mo‘sul uchun janglar shaharda gumanitar falokatga olib kelgan.
Mavzuga oid
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
11:30 / 21.12.2024
Qo‘rqmas jangchi – Saddam Husaynning nabirasi amerikalik askarlarga qarshi qanday jang qilgandi?
09:10 / 06.12.2024
Isroil Amnesty International'ni soxtalashtirishlarda aybladi
09:20 / 31.10.2024