Jamiyat | 09:46 / 17.07.2017
4858
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda pichoq bilan qurollangan shaxs odamlarga hujum qildi

Xitoyning Guandun viloyatidagi Shenchjen shahrida pichoq bilan qurollangan erkak Walmart supermarketiga tashrif buyurgan odamlarga hujum qildi, deb xabar bermoqda Reuters.

Hujum natijasida ikki inson halok bo‘ldi, yana kamida to‘qqiz kishi turli darajada tan jarohatlarini oldi.

Hujum qiluvchi politsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. U 30 yoshda ekani aytilmoqda.

Tergovchilar hujum holati bo‘yicha surishtiruv boshlashdi. Ayni damda hujum qilgan shaxsning bu ishni qilishiga nima sabab bo‘lgani noma'lumligicha qolmoqda.

Mavzuga oid