Sport | 11:47 / 18.07.2017
8498
2 daqiqa o‘qiladi

«Manchester Siti» yana bir darvozabon sotib olmoqda

«Napoli» darvozaboni Xose Reyna faoliyatini «Manchester Siti»da davom ettirishi mumkin.

Radio Crc tarqatgan xabarga ko‘ra, neapolitanliklar klubi ushbu futbolchiga yangi shartnoma taklif etgan, ammo u «shaharliklar» jamoasidan ham taklif mavjudligi uchun bu shartnomani rad etgan. 

«Manchester Siti» Reyna uchun 3 million yevro to‘lamoqchi, «Napoli» esa uni 5 mln yevro evaziga qo‘yib yuborishi mumkin bo‘ladi.

«Manchester Siti» yozgi transferlar vaqtida «Benfika»dan Ederson Sorayesni rekord darajadagi mablag‘ (40 million yevro) evaziga sotib olgandi.

Xosep Gvardiola «Manchester Siti» boshqaruviga kelgach, jamoaning asosiy darvozaboni Jo Hartni tarkibdan chiqargandi, u o‘tgan mavsumni «Torino»da ijara asosida o‘tkazdi, shu kunlarda esa u «Vest Hem» a'zosi bo‘lishi kutilmoqda. 

Gvardiola Hart o‘rniga «Barselona»dan Klaudio Bravoni olib kelgandi, ammo u ishonchni oqlamadi. Reyna jamoada aynan Bravo o‘rniga ikkinchi darvozabon bo‘lishi kutilmoqda.

Jamoaning yana bir darvozaboni, o‘tgan mavsum davomida asosiy darvozabonga aylangan Vilfred Kabalero esa shartnomasi yakunlangani tufayli jamoani tark etdi va «Chelsi» safiga borib qo‘shildi.

Mavzuga oid