Jahon | 15:20 / 02.08.2017
8153
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistonda xorijiy harbiylarga hujum uyushtirildi

Afg‘onistonning Qandahor shahridan uncha uzoq bo‘lmagan yerda xorijiy harbiylar bo‘lgan kolonnaga xudkush-terrorchi avtomobilda hujum qildi.

Bu haqda Tolo News mahalliy gubernator matbuot xizmatiga asosan xabar bermoqda.

Kolonna Qandahor aeroportiga yo‘l olayotgan bo‘lgan. Hodisa oqibatida harbiy xizmatchi jarohat oldi, halok bo‘lganlar haqida ma'lumot yo‘q.

Avvalroq Afg‘oniston g‘arbidagi masjidga hujum oqibatida 29 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid