Fan-texnika | 20:09 / 04.08.2017
11237
2 daqiqa o‘qiladi

Chevrolet Bolt «Tesla»ni ortda qoldirdi

Amerikaning Consumer Reports Chevrolet kompaniyasining 2016 yilda taqdim etilgan Bolt xetchbek elektrokarining sinov natijalarini e'lon qildi. Ma'lum bo‘lishicha, Bolt bir marta quvvatlangach eng uzoq masofani ortda qoldira oladigan mashina ekani aniqlangan. Nashrning yozishicha, elektromobil o‘z ko‘rsatkichlari bo‘yicha ikkita «Tesla» modelini ortda qoldirgan.

AQSh atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi (EPA)ga binoan, modelning eng ko‘p harakatlanishi 238 mil (383 kilometr)ni tashkil etadi. Biroq, CR mutaxassislari qo‘shimcha quvvatlashsiz 250 mil (402 kilometr) masofani ortda qoldirishgan. 

Bunda 75D modifikatsiyasidagi Tesla Model S testida u 235 mil (378 kilometr)ni ortda qoldirgan. EPA bo‘yicha mashina 259 mil (416 kilometr)ni bosib o‘tishi qayd etilgan. Bolt, shuningdek, ko‘rsatkichlari Model S’dan past bo‘lgan Model X 90D elektromobilini ham ortda qoldirgan.

Consumer Reports nashriga ko‘ra, Tesla Model S yoki Model X 100D namunasida Chevrolet Bolt modelini ortda qoldirishi mumkin. Biroq bu avtomobillar 100 ming dollardan qimmat turadi, Bolt modelini 37,5 ming dollarga xarid qilish mumkin. 

Chevrolet Bolt 200 ot kuchiga ega elektromotor va 60 kVt*soatlik litiyli batareya bilan jihozlanadi. Mashina taxminan 7 soniyada «yuz»ga chiqadi. U 320 kmgacha yurishi aytiladi. «Bolt» AQShda 2016 yilning eng yaxshi avtomobili deb tan olingan edi. 

Mavzuga oid