Jahon | 18:36 / 07.08.2017
10780
2 daqiqa o‘qiladi

Frantsuzlar «Birinchi xonim» maqomini tan olmoqchi emas

Foto: © RIA Novosti

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning rafiqasi Brijit Makronga rasmiy mamlakatning «birinchi xonim»i maqomini berishga urinish katta e'tirozlarga sabab bo‘lmoqda.

Hozirgacha 200 mingdan ortiq kishilar imzo chekkan petitsiya hujjatida «birinchi xonim»ga hech qanday siyosiy maqom berilmasligi va byudjyetdan mablag‘lar ajratilmasligi kabi g‘oyalar ilgari suriladi. Dunyo mamlakatlari tajribasida ham shunday: the First Lady rasman tan olingan davlat lavozimi emas, shuningdek, bu maqom ortida hech qanday imtiyoz va erkinliklar turmaydi.

Makron bu haqdagi fikrini saylovoldi targ‘iboti so‘zlagan nutqi davomida aytib o‘tgan edi: «Agar siz prezident etib saylansangiz, siz hayot kechirayotgan insoning maqomi muhim, u ham ijtimoiy hayotda dolzarb rol o‘ynaydi».

Fransiya qonunchiligiga ko‘ra, prezident ayolining maqomi va unga ajratiladigan mablag‘lar hech qaysi normativ hujjat bilan tartibga solinmagan. Mamlakat parlamenti hisob palatasi 2014 yilning o‘zida Yelisey saroyi tomonidan birinchi xonim uchun 450 ming yevro ortiq mablag‘lar ajratilgani haqida ma'lumot bergan.

Petitsiyani tashkil etgan jamoat arbobi Terri Pol Valettning aytishicha, mamlakat mudofaa xarajatlari qisqartirilib, parlamentariy oila a'zolarining ishga yollanishi man etilgan bir paytda bunday boshboshdoqlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

Mavzuga oid