Jahon | 22:58 / 10.08.2017
12402
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy o‘z qirg‘oqlarida esminets paydo bo‘lishi sababli AQShga norozilik bildirdi

Foto: FreeImages.com Content License

AQShning “Jon S.Makkeyn” esminetsi Janubiy Xitoy dengizidagi Spratli orollari yaqinidan o‘tib Xitoy qonunlari va xalqaro huquqni buzdi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytilgan.

Xitoy tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Gen Shuan AQSh o‘z kemasining orollar yaqinidan o‘tishi uchun ruxsat olmagani va shu tariqa Xitoy suverenitetini qo‘pol buzganidan achchiqlanish bildirganini ma'lum qilgan.

“AQShning “Jon S.Makkeyn” esminetsi Xitoy hukumati ruxsatisiz Nansha orollariga yaqinlashdi. AQSh kemasi Xitoy qonuni va xalqaro huquqning tegishli me'yorlarini, Xitoy suverenitetini buzdi, bu suvlardagi tinchlik, xavfsizlik va tartibga putur yetkazdi”, deb aytilgan bayonotda.

Esminets “kemachilik erkinligi operatsiyasini” bajarib, Spratli orollari tarkibiga kiruvchi Mischif marjonqoyasi yaqinidan suzib o‘tgan. Ushbu orollar bahsli hisoblanadi. Unga shuningdek Vetnam, Bruney, Malayziya va Filippin egalik qilishga da'vogarlik qiladi, biroq Xitoy bu orollarni o‘ziniki deb hisoblaydi.

Mavzuga oid