Fan-texnika | 11:01 / 10.08.2017
11020
2 daqiqa o‘qiladi

Toyota karavot va oshxonaga ega minivenni taqdim etdi

Toyota kompaniyasi Germaniya bozoriga Proace minivenining yangi nusxasini chiqardi. U tabiat qo‘ynida hordiq chiqarishni yoqtiradiganlarga mo‘ljallangan. Model kemping uchun barcha kerakli narsalar, jumladan karavotga ham ega.

Sayyohatchilar uchun Proace QUQUQ kompaniyasi bilan hamkorlikda tayyorlandi. Venning yukxonasida cho‘ziluvchan boks paydo bo‘ldi, u yerda plita va oshxona buyumlari bor. Aynan shu yerga suv zaxirasiga ega idish va mini-rakovina ham joylandi.

Karavot esa bir necha matratsdan iborat. «Toyota»dan ta'kidlashlaricha, kemping uchun ven besh yoki yetti o‘rinli salon bilan buyurtma qilinishi mumkin.

Bundan tashqari, xaridorlar alohida mablag‘ evaziga stolcha va kursilar, maxsus Dachzelt ARB Simpson III chodirini ham olishlari mumkin.

Germaniyada Proace’ning minimal qiymati 35 300 yevroga teng. “Turistik” optsiyalariga ega to‘la to‘plam uchun esa yana besh ming yevroni qo‘shimcha to‘lash lozim.

 

Mavzuga oid