Jahon | 22:52 / 13.08.2017
5993
1 daqiqa o‘qiladi
Hindistonda ko‘chki sababli 46 kishi halok bo‘ldi
Hindistonning Ximachal-Pradesh shtati, Mandi okrugida milliy ahamiyatdagi avtomagistralga ko‘chki surilib, o‘zi bilan ikkita yo‘lovchi avtobusini bosib qolgan.
Shtat politsiyasi vakili Sandip Kadam ayni vaqtda voqea oqibatida 46 kishi halok bo‘lgani va yana o‘nlab odamlar bedarak yo‘qolganligini ma'lum qilgan.
ANI axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, voqea joyida qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda. Hozircha 5 kishini tirik topishga muvaffaq bo‘lingan.
Mavzuga oid
18:35 / 08.01.2025
Hindistonda fil festivalga kelgan tomoshabinlarga hujum qildi
20:14 / 02.01.2025
Hindiston AQShga tegishli mobil aloqa sun’iy yo‘ldoshini kosmosga uchiradi
16:36 / 30.12.2024
Hindistonda havo ifloslanishi millionlab odamlarning o‘limiga sabab bo‘lmoqda
12:10 / 30.12.2024