Jahon | 08:07 / 13.08.2017
35254
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyalik fazogir kelajakka o‘tishga muvaffaq bo‘lgan

Rossiyalik fazogir Sergey Krikalev 2005 yilda yer atrofidagi orbitadan Yerga qaytayotganda sayyoramizni kelajakdan ko‘rishga muvaffaq bo‘lgan, deb yozmoqda Nation News axborot agentligi. 

Ta'kidlanishicha, fazogir duch kelgan bu fenomenni mashhur fizik olim Albert Eynshteyn ifodalab bergan.

Krikalev vaqtning relyativistik sekinlashishi sababli 0,02 soniyaga oldinga siljigan. Ta'kidlash joizki, bu hodisaga fazogir o‘rnatgan jahon rekordi sabab bo‘lgan: u orbitada 803 kun bo‘lgan va bu vaqt davomida fazoda koinot kemasi bilan birga soniyasiga 7,66 km tezlik bilan harakatlangan.   

Olimlarning fikricha, bu fakt vaqtlararo sayohat mumkin ekanligini isbotlaydi. Enshteyn o‘z vaqtida vaqt jismlar soniyasiga 300 mln metr tezlik (yorug‘lik tezligi) bilan harakatlanganda sekinroq borishini taxmin qilgan. Bunday sharoitda jism kelajakka tushish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 

Avvalroq yana bir rossiyalik fazogir Sergey Ryazanskiy Xalqaro koinot stansiyasiga parvozi oldidan ochiq koinot qanday hidga egaligi haqida so‘zlab bergan. Uning aytishicha, u payvandlash vaqtida chiqadigan hidga, yanada aniqrog‘i “metall ozon” hidga o‘xshashdir.

Mavzuga oid