Jahon | 08:37 / 22.08.2017
5415
1 daqiqa o‘qiladi

Iroq Kurdistondagi referendumni tan olmaydi 

Iroqning Rossiyadagi elchisi Haydar Hadiyning ma'lum qilishicha, Bag‘dod Kurdiston hukumati tomonidan mustaqillik to‘g‘risidagi referendumning o‘tkazilishini qonuniy, deb tan olmaydi. Bu haqda «Izvestiya» yozmoqda.

«Eng avvalo shuni ta'kidlab o‘tmoqchimanki, iroqlik kurdlar 25 sentabrga mo‘ljallagan referendum Iroq hukumati tomonidan rad etiladi. Bu bizning konstitutsiyaga ziddir», - dedi u.

Diplomatning ta'kidlashicha, BMT nuqtai nazaridan ushbu referendum noqonuniy.

«Bizning murojaat – keling referendumni biroz to‘xtatib turamiz va barcha muammoli masalalar bo‘yicha bir fikrga kelmagunga qadar muloqotni davom ettiramiz. Sababi hozir buning vaqti emas», - deya xulosa qildi Hadiy.

Avvalroq Iroq Kurdistoni hukumati mustaqillik bo‘yicha referendum sanasini o‘zgartirishdan bosh tortgandi.

Mavzuga oid