Jamiyat | 11:21 / 22.08.2017
16326
2 daqiqa o‘qiladi

Soliq xizmatidan bo‘shatilgan kishi yana ishga qaytishi mumkinmi? 

SAVOL: Men tuman davlat soliq inspeksiyasidan Mehnat Kodeksining 100-moddasi 4-qismi bilan ishdan bo‘shatilganman. Meni yana shu ish joyimga yoki boshqa tuman soliq tizimiga ishga olishadimi?

Ibrohimov Ilhomjon Muhammadjon o‘g‘li

JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 5 maydagi 180-son qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risida»gi Nizomning 7-bandiga ko‘ra quyidagi shaxslar:

- sudlangan, uni o‘tamagan yoxud qonunda belgilangan tartibda olib tashlanmagan;
- belgilangan tartibda mehnatga layoqatsiz yoki mehnatga layoqati cheklangan deb e'tirof etilgan;
-mehnat qonunchiligiga muvofiq ilgari ish beruvchi tashabbusiga ko‘ra soliq organlaridan bo‘shatilgan (Mehnat kodeksi 100-moddasi 2-qismining 1, 2 va 5-bandlari bo‘yicha bo‘shatilgan hollar bundan mustasno) shaxslar soliq organlariga xizmatga qabul qilinmaydilar.

Davlat soliq qo‘mitasi yuridik xizmati

Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.

Mavzuga oid