Egri yo‘lning etagidan tutganlar
Ma'lumki, belgilangan tartibni buzib, valyuta qimmatliklarini olish yoki o‘tkazish davlat valyuta zaxiralariga katta miqdorda ziyon yetkazishi bois, qonunlarga ko‘ra, bunday harakatlar taqiqlangan. Bu kabi holatlarni fosh etish hamda oldini olish borasida Respublika Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti tomonidan chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
Xususan, SVOJJDLQK departamentining Ellikqal'a shahar bo‘limi xodimlari tomonidan hududdagi dehqon bozorida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Farid Ataxanov (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) qonunga xilof ravishda fuqaro Azamat Rustambekovga jami 4 ming 300 AQSh dollari hamda 1 ming Qozog‘iston tengesini sotayotganida qo‘lga olindi.
Mazkur holat bo‘yicha Farid Ataxanovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sud hukmi bilan uning harakatlariga huquqiy baho berildi va jinoyat uchun jazo muqarrarligi ta'minlandi.
Mavzuga oid
14:02 / 20.12.2024
Chet el valutasidagi operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi belgilandi
15:16 / 24.11.2024
Farg‘onada noqonuniy valuta savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi
12:43 / 19.11.2024
DXX: Ellikqal’a va G‘ijduvonda hokim yordamchilariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
19:37 / 31.10.2024