Sport | 08:35 / 24.08.2017
20166
2 daqiqa o‘qiladi

«Real» Ronalduning goli evaziga mavsumdagi yana bir sovrinini qo‘lga kiritdi

Madridda Santyago Bernabeu Kubogi uchun uchrashuv bo‘lib o‘tdi. U 1979 yildan beri har yili o‘tkazib kelinadi. Bu safar Ispaniya poytaxtida Madridning «Real» jamoasi Italiyaning «Fiorentina» klubiga qarshi maydonga chiqdi. Bu o‘yin 1957 yilgi Yevropa chempionlari finalining 60 yilligiga bag‘ishlandi. O‘shanda mazkur ikki jamoa kuch sinashgan. 

Zinedin Zidan jamoasi ushbu o‘yinda 2:1 hisobidagi irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. Dastavval, o‘yinning 4-daqiqasidayoq «binafshalar» Jordan Veretu goli evaziga oldinga chiqib oldi. Biroq 3 daqiqa o‘tar-o‘tmas Borxa Mayoral hisobni tenglashtirdi. Rasmiy o‘yinlardan chetlashtirilgan Krishtianu Ronalduning 33-daqiqasida urgan goli «qaymoqranglilar»ga g‘alaba keltirdi. 

Santyagu Bernabeu Kubogi

«Real» (Madrid, Ispaniya) – «Fiorentina» (Florentsiya, Italiya) — 2:1 (2:1). 
Gollar: 
Veretu, 4 (0:1), Mayoral, 7 (1:1), Ronaldu, 33 (2:1). 

«Real»: Kasilya (Zidan, 46), Nacho (Manu, 46), Hakimiy, Teo, Ramos (Texero, 46), Sebalos, Asensio, Markos Lorente, Vaskes, Ronaldu, Mayoral. 
«Fiorentina»: Sportello, Pesselya, Brunu Gashpar, Astori, Biragi, Veretu, Badel (Sanches, 46), Jil Diash, Esserik, Keza, Simeone.

Mavzuga oid