Mark Tsukerberg ikkinchi bor ota bo‘ldi
Dunyoning eng yirik Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Tsukerberg ikkinchi farzandining dunyoga kelgani haqida xabar berdi.
"Qadrli Avgusta, bu dunyoga xush kelibsan! Onang va men sening kim bo‘lib voyaga yetishingni sabrsizlik bilan kutamiz", - deb yozadi Tsukerberg o‘zining Facebook sahifasida.
Ta'kidlash joizki, Tsukerberg bundan avval qizi dunyoga kelganidan so‘ng ikki oy dekret ta'tilini olishini aytgandi. U Facebook rahbariyati ota-onalarga 4 oylik dekret ta'tilini berishini qayd etgan.
Mark Tsukerberg — 33 yoshli ishbilarmon, Facebook ijtimoiy tarmog‘ining asoschisi. Harvard universitetining ikkinchi kursidan o‘qishni tashlab, o‘zini butkul biznesga bag‘ishlagan. 2017 yilning birinchi yarim yilligida ijtimoiy tarmoqning faol foydalanuvchilar soni o‘rtacha 2,01 milliard kishiga oshdi. 2012 yilda Tsukerberg Pristsilla Changa uylangan, 2015 yilning dekabrida esa ular ilk marta ota-onalik baxtiga erishishgan. Juftlikning birinchi qiziga Maksima deya ism qo‘yishgan.
Mavzuga oid
19:05 / 12.12.2024
Meta kompaniyasi Trampning inauguratsiyasiga 1 mln dollar xayriya qildi
17:10 / 28.11.2024
Mark Tsukerberg Tramp bilan uning Mar-a-Lago qarorgohida uchrashdi
12:07 / 26.11.2024
2023 yilda 85 ming ayollar va qizlar femitsid qurboniga aylandi
17:26 / 08.11.2024