Jahon | 20:20 / 03.09.2017
10224
1 daqiqa o‘qiladi

Texas shtati hukumati «Harvi» to‘foni keltirgan zarar miqdorini hisoblab chiqdi

Foto: Reuters

Texas shtati gubernatori Greg Ebbot «Harvi» to‘foni keltirgan moddiy talafot miqdori 150 mlrd dollardan 180 mlrd dollargacha bo‘lishini ma'lum qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabarida aytilgan.

«Bu qo‘rqinchli ofatdan jabrlangan kishilar soni va talafot ko‘rgan maydonlar hajmi «Katrina» to‘foni vaqtidagidan ko‘proq. O‘sha to‘fondan keyin tiklanish uchun 120 mlrd dollar talab etilgandi», — degan janob Ebbot.

Bundan avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp kongressdan bu tabiiy ofatdan keiyngi ilk tiklanish jarayoni uchun 7,85 mlrd dollar so‘ragandi.

Oxirgi xabarlarga ko‘ra, to‘fon tufayli halok bo‘lganlar soni 44 kishini tashkil qilmoqda.

Mavzuga oid