Fan-texnika | 16:37 / 04.09.2017
4772
2 daqiqa o‘qiladi

Shanghayda dronlar uchun maxsus poligon qurildi

Foto: Flickr

Uchuvchisiz uchar qurilmalar xitoyliklar orasida katta qiziqishga sabab bo‘lgach, mamlakat hukumati dronlarni ro‘yxatdan o‘tkazish haqida o‘ylay boshladi. Bundan tashqari, masofadan turib boshqariluvchi uchar qurilmalardan foydalanish qoidalari ham ishlab chiqilish arafasida.

2017 yilning iyunidan boshlab xitoylik dronsevarlar og‘irligi 250 grammdan yuqori bo‘lgan o‘z qurilmalarini ro‘yxatga o‘tkazishga majburlar. Ularning egalari qurilmalar imkoniyatlarini o‘rganib chiqishlari uchun esa havo kemalari egalarining Assotsiatsiyasi Shanghay yaqinida maxsus poligon qurilishiga turtki berdi.

Xitoy sharqida uchar qurilmalarni ishlab chiqarish bo‘yicha yuzdan ortiq yirik kompaniyalar ro‘yxatdan o‘tgan. Ular nafaqat eksport uchun ishlaydi, balki ichki bozorga ham mahsulot tayyorlashmoqda. Sharqiy Xitoyda hozirda 120 mingdan ortiq dron ro‘yxatga olingan, ularning sinovlarini ham qayerdadir o‘tkazish ehtiyoji paydo bo‘lgan.

«Poligon har bir kishi o‘z dronini boshqarishi va undan foydalanish qoidalari batafsil o‘rganib chiqishi uchun ajoyib joyga aylanadi», - deya havo kemalari egalarining Assotsiatsiyasi rahbari so‘zlarini keltiradi China Daily.

Bundan tashqari, shunday sinov bazasi ishlab chiqaruvchilarga ham qurilmalarni sinovdan o‘tkazishiga imkoniyat yaratadi. Poligondagi barcha parvozlar mutaxassislar nazorati ostida 150 metrgacha bo‘lgan masofada amalga oshiriladi.

Mavzuga oid