O‘zbekiston | 13:14 / 05.09.2017
165791
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: Xayr qora bozor. Banklarda valyuta sotuvi boshlandi

Bugun, 5 sentabrdan O‘zbekistondagi barcha banklarda jismoniy shaxslarga valyuta erkin sotilishi boshlandi. Ayni vaqtda tijorat banklarida valyuta ayirboshlash shoxobchalarida mijozlar qulay sharoitlarda valyuta sotib olishmoqda.

Joylarda bo‘lgan «Kun» muxbirlari hozircha ajiotaj kuzatilmayotgani, navbatlar yo‘qligini bildirishgan.

Shoxobchalarda 1875 dollargacha (15 000 000 so‘m) mablag‘ni pasportsiz olish mumkin. 

Valyuta sotib olmoqchi bo‘lganlar uchun konversion karta ochiladi. Ular har 3 oyda 5000 dollargacha mablag‘ olishi imkoniyatiga ega bo‘lishadi. 

Bloger Davronbek Tojialiyev feysbukdagi sahifasida bankda ilk xaridorga aylanganini yozib, suratlar ilova qilgan.

«Diqqat! Xayr qora bozor - salom bank! Ilk xarid amalga oshdi. Hech qanday pasport, nom yozilgan registratsiyalarsiz. 1$ = 8000 so‘m. Bozor bahosi 7500 so‘m. Bankda hozircha navbat yo‘q. Birinchi bo‘lib men oldim. Bank xodimlari atrofimni o‘rab olib, ilk kliyent deya tabriklashdi!

15 000 000 ekvivalentgacha (1875$) pasport talab qilinmas ekan. 8150 so‘mdan dollar sotib olish uchun karta ochilarkan va o‘sha kartaga tushirib berisharkan», deya yozgan u.

 

Mavzuga oid