OAV: Xitoyda fizika qonunlariga bo‘ysunmaydigan dvigatel yaratilgani ma'lum qilindi
Xitoyda fizika qonunlariga bo‘ysunmaydigan dvigatel yaratilgani ma'lum qilindi. Bu haqda CCTV-2 telekanaliga iqtibos keltirgan holda The Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Tashqivot videosida xitoylik olimlar yonilg‘i ishlatmaydigan EmDrive dvigatelini yaratishgani ta'kidlangan. Bu dvigatelning qo‘llanishi insonlarga Marsgacha 10 kunda yetib olish imkonini bergan bo‘lardi.
Videoda dvigatel konstruksiyasining texnik tafsilotlari keltirilmagan, biroq ta'kidlanishicha, yaqin orada dvigatel koinotda sinovdan o‘tkaziladi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, EmDrive mikroto‘lqinlarni generatsiya qiluvchi magnetron va ularning tebranishlari energiyasini jamlovchi rezonatordan tashkil topgan. Bunda vujudga keltiriladigan tortish kuchini energiyani saqlash qonuni bilan tushuntirib bo‘lmaydi. Dvigatel yaratuvchilarining aytishlaricha, bunday dvigatel negizida yaratilgan kuch qurilmasi bilan Quyosh tizimining chekkasiga bir necha oyda yetib borish mumkin.
Avvalroq NASA koinot agentligi EmDrive haqiqatan ham “doimiy” tortish kuchini ishlab chiqarishi ta'kidlangan ilmiy ishni chop etgandi. Bunda na yonilg‘i ishlatiladi va na yo‘naltirilgan nurlanish tutami ishlab chiqiladi. Bu esa impulsning saqlanish qonuniga zid keladi.
Mavzuga oid
15:03 / 10.12.2024
Xitoy koronavirus Uhan laboratoriyasida yaratilganini rad etdi
15:02 / 10.12.2024
Olimlar ekologik toza quyosh batareyalarini ishlab chiqarish usulini topdi
20:48 / 09.12.2024
Tramp saylovda g‘alaba qozonganidan keyin birinchi marta Si Jinping bilan suhbatlashdi
13:45 / 29.01.2024