Jamiyat | 15:23 / 23.09.2017
15924
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentga yangi ISUZU avtobuslari keltirildi

Toshkentga ISUZU markali 15 ta yangi avtobus olib kelindi. Ular «8-avtobus saroyi» MChJ yo‘nalishlarida harakatlanadi.

Bunday qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yilning 11 martidagi «Toshkent shahrida yo‘lovchi transportini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori bilan nazarda tutilgan.

Shuningdek, 2017 yilning oxiriga qadar 140 ta avtobusni keltirish mo‘ljallangan.

Mavzuga oid