Light | 21:58 / 25.09.2017
40443
4 daqiqa o‘qiladi

Qashshoqlikning 7 asosiy sababi

Oxiri ko‘rinmas kreditlar, rejadan tashqari xarajatlar, yo‘qotishlar, sovg‘alar... Bunday yashash joningizga tegmadimi? Trendymen hamyonni bo‘shatuvchi yetti asosiy sababni keltirdi. Ulardan hech bo‘lmaganda ikkitasini to‘g‘rilashga harakat qiling - ehtimol mutlaqo yangi hayotiy darajaga erisharsiz.

Shaxsiy byudjyet

Foto:trendymen.ru

Bir o‘ylab ko‘ring - pullaringizni nimalarga sarflayapsiz? Bu ham kam. Tinch muhitda o‘tirib, so‘nggi haftadagi barcha xarajatlaringizni birma-bir yozib chiqing. Endi fikrlang: xaridlar zarurat yuzasidan amalga oshirilganmi yoki yo‘q? Ba'zi mahsulotlarda iqtisod qilishning iloji bormidi? Aniq byudjyet rejasining yo‘qligi - iqtisodiy farovonlik kemangizdagi asosiy "nosozlik"dir. Hech bo‘lmaganda, bir oylik shaxsiy byudjyetni shakllantirishni o‘rganmas ekansiz, moliyaviy jihatdan hech qanday yangilik kutmasangiz ham bo‘ladi. 

Iqtisodiy savodsizlik

Foto:trendymen.ru

Yer aholisining aksariyati - iqtisodiy jihatdan savodsiz. Universitetni tugallagan odamlar asosiy iqtisodiy shart-sharoitlarni tushunmaslikni oddiy hol deb bilishadi. Buni faqat bir yo‘l bilan to‘g‘rilash mumkin: atrofda nimalar ro‘y berayotganiga qiziqish bildiring, qanday qilib neft narxi - valyuta kursiga, bu esa sizning hayotingizga ta'sir qilishini tushunishga harakat qiling. Qarabsizki, pullar qayerdan kelishi haqida tasavvur hosil qilasiz.

Moliyaviy befarqlik

Foto:trendymen.ru

Ko‘pchilik mo‘may daromad topish istiqbollari yomonlashib borayotganini ko‘rib, hafsalasi pir bo‘la boshlaydi. Pul yig‘ishni rejalashtirish va mablag‘larni qanday taqsimlash maqsadga muvofiq bo‘lishini tushunib yetish o‘rniga maoshni kutib, pul to‘plash uchun harakat qilishni ham xohlashmaydi. Moliyaviy befarqlik depressiyaning qandaydir iqtisodiy variatsiyasiga aylanishi mumkin. Unisini ham, bunisini ham muhim maqsadlar sari yo‘naltirib, maksimal sa'y-harakatlar bilan yengib o‘tish mumkin.

Pul asosiysi emas

Foto:trendymen.ru

Pul asosiysi emas, ular sizni baxtli qilmaydi. Bu so‘zlarga qo‘shilasizmi? Afsuski, ko‘pchilik bu fikrga qo‘shiladi. Albatta, asosiysi pul emas. O‘z oilangizga qulay sharoitlar yaratish uchun pulingiz yo‘q bo‘lsa ham yaxshi... Asosiysi - siz birgasiz. Shunday emasmi? Yodingizda bo‘lsin, pullar farovon hayotning asosi bo‘lishi mumkinligini anglab yetmaguningizga qadar - boyishning uddasidan chiqa olmaysiz.

Kimdir bundan-da og‘ir ahvolda

Foto:trendymen.ru

Qashshoq reallikdan qochishning yana bir keng tarqalgan usuli. Tanishingizdan ko‘proq pul topishingizni anglab yetishingiz sizni boyroq qilib qo‘ymaydi. Shunchaki, yupatadi va bir joyda qotib qolishingizga sabab bo‘ladi. Bu taxminan "Hechqisi yo‘q, Afrikada bolalar umuman och-nahor!" deb o‘ylashdek gap.

Shunchaki dangasalik

Foto:trendymen.ru

Soat to‘qqizdan oltigacha ishlash qiyinmi? Aslida inson bundan-da ko‘p ishlay oladi. O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, tushlikka qancha vaqt sarflaysiz? Necha soat aniq ishdagi faoliyatingizga yo‘naltiriladi? Oradagi internetni varaqlashni-ku gapirmasa ham bo‘ladi. O‘zingizni ayashni bas qiling. Yaxshi pul topmoqchimisiz - ko‘proq ishlang.

Boshqalarni ayblash

Foto:trendymen.ru

Bizning nochor yashashimizda boshqa odamlar aybdor emasligini aniq tushunib yetish - intellekt darajasiga ishora qiladi. Boshqalarga umid qilavermay, pul haqida o‘zingiz qayg‘uring.

Mavzuga oid