Sport | 22:22 / 26.09.2017
17625
2 daqiqa o‘qiladi

Istanbul derbisi. Juda xavfli derbi

Turkiyadagi futbol fanatlari dunyodagi eng qiziqqon fanatlar.

O‘tgan haftada «Fenerbahche» va «Beshiktosh» jamoalari o‘rtasidagi derbi shafqatsiz derbilardan biriga aylandi. O‘yin hakami mehmonlar darvozasi tomon ikki marta penalti belgiladi, 11ta sariq kartochka va 5ta qizil kartochka ko‘rsatildi. Uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Mehmon jamoa sardori O‘g‘uzxon O‘zyoqub burchakdan to‘pni amalga oshirayotgan vaqtda olingan surat esa internetda mashhurlashdi. Uni bu vaziyatda qo‘riqchilar muhofaza etib turishdi.

Xuddi shunday holat 9 yil muqaddam, 2008 yilning 28 martida ham kuzatilgandi. Bu holatda tomonlar o‘rin almashgan, «Fenerbahche» futbolchisi Aleks de Souza «Beshiktosh» stadionida qo‘riqchilar xizmatidan foydalangan holda burchak to‘pini tepgan, Aleks shu kuni ikki gol urib, jamoasining 2:1 hisobidagi g‘alabasini ta'minlagandi. 

2004 yil 19 sentabr. Yana «Beshiktosh» stadioni, ammo ikkinchi tomon boshqa. «Galatasaroy» yarim himoyachisi Sabri Sario‘g‘li jarima zarbasini bajarmoqda. O‘sha o‘yinda hisob ochilmagan - 0:0. 

Mavzuga oid