Jahon | 20:55 / 02.10.2017
18754
1 daqiqa o‘qiladi

Qurbonlar soni ortmoqda

Foto: Reuters

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Las-Vegasdagi kantri-festival qatnashchilariga qarata uyushtirilgan ochiq otishma oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 58 nafarga yetdi. Bu haqda shahar politsiyasi boshlig‘i ma'lumotiga asoslangan holda Associated Press xabar tarqatdi.

Shuningdek, yaralanganlar soni 515 nafarni tashkil etmoqda.

2 oktabrga o‘tar kechasi 64 yoshli pensioner Stiven Peddok mehmonxona binosidan turib maydonda musiqa festivaliga yig‘ilgan minglab kishilar ustiga o‘t yog‘dirdi. Keyin u o‘zini otib tashladi. U 28 sentabrdan beri mehmonxonada istiqomat qilib kelgan, xonadan o‘ndan ortiq qurol topilgan.

Uning jinoyat motivlari hali aniqlanmadi.

Biroz oldinroq IShID ushbu hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi va Stiven Peddokni o‘z askari deb atadi.

Mavzuga oid