Light | 17:48 / 02.10.2017
14130
11 daqiqa o‘qiladi

Nima uchun yutuqlarimiz bizni muvaffaqiyatsizlik sari yetaklaydi?

Foto: oleer.com

Biz o‘z tajribamizga qimmatbaho aktiv sifatida qarashga o‘rganib qolganmiz. Biroq biz qo‘lga kiritayotgan bilim va ko‘nikmalar ishimizga salbiy ta'sir ko‘rsatishi ham mumkin. Fast Company jurnali hammuassisi Bill Teylor "Ajoyib! Katta kompaniyalar nimasi bilan ajralib turadi?" kitobida nima uchun tajriba novatorlikda xalaqit berishi va qanday qilib yangicha fikrlashni o‘rganish mumkinligi haqida so‘z yuritadi. Harvard Business Review ulardan eng qiziqlarini taqdim etdi. 

Nuqtai nazaringizni o‘zgartirishga qo‘rqmang

Foto: Cossa

Tajriba muhim... toki novatorlik yo‘lida to‘siqqa aylangunga qadar. So‘nggi o‘n yilliklarda biznes va ijtimoiy sohadagi tajribalar bir insoniy xususiyatni ochib berdi: eng katta tajriba, bilim va resurslarga ega odamlar hamda tashkilotlar o‘z sohalarida yangilik yaratish yo‘llarini eng oxirgi bo‘lib ko‘rishadi.

Biroq shuncha aqlli odamlar ishlaydigan va ko‘plab mablag‘larga ega ulkan korxonalar qayerda edi? Nima uchun ABC, CBS yoki boshqa bir mediamagnat 24 soatlik yangiliklar kanalini ishga tushira olmadi va bu ishni axborot biznesidagi yangi odam - Ted Ternerga qoldirdi. Nima uchun jahon miqyosidagi ovoz yozish kompaniyasining hech biri o‘z musiqachilarini endigina paydo bo‘layotgan kabel televideniye platformasiga ko‘chirmadi va MTV yaratish hamda pop-madaniyatni o‘zgartirishni yosh ovoz yozish rejissyori Robert Pittmanga qoldirdi? Nima uchun General Motors uzoq vaqt davomida gibrid avtomobillarni tan olmadi, Microsoft internetning rivojiga anchagacha ishonmadi, Yahoo! kompaniyasi Google va Facebook'ning iqtisodiy salohiyatini ko‘ra bilmadi?

Syujyet takrorlanaveradi va javob o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladi: ko‘pincha bizning bilimlarimiz tasavvur chegaramizni cheklab qo‘yadi. Intel innovatsiya strategiyalari bo‘yicha mutaxassis Sintiya Barton Reyb ushbu destruktiv strategik ko‘rlik uchun yaxshi atamani o‘ylab topgan. Ko‘plab kompaniyalar va rahbarlar "tajriba paradoksi"ga dosh bera olishmaydi.

Tushunmovchilik shundaki, bozordagi pozitsiyangiz qancha mustahkam bo‘lsa, uni o‘zgartiruvchi yangi biznes-modellarga ochilishingiz shuncha qiyin bo‘ladi. Avvalgi natijalar bo‘lg‘usi yangiliklarga tahdid sola olmaydi, biroq sizning kelajak haqidagi tasavvurlaringizni chegaralab qo‘yishi mumkin.

Bilimlaringiz tasavvuringizni cheklashiga yo‘l qo‘ymang

Foto: Flickr

"Gap innovatsiya haqida ketganda, - deydi u, - mashaqqat bilan kelgan tajriba, barcha ko‘nikma va usullar, ya'ni muvaffaqiyat poydevori rivojlanishni ortga tortuvchi to‘siq bo‘lishi mumkin. Boshqacha aytganda, bilimlarimiz yuki, ayniqsa jamoaviy bilimlarimiz novatorlikni "o‘ldiradi". Nima uchun bilim va tajriba innovatsiyaga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin? Chunki mutaxassis bo‘lgach, biz "agar bunday bo‘lsa-chi" qabilidagi fantaziyalar parvozini "bori bilan cheklanish"ga o‘zgartiramiz. Sohani qancha yaxshi va uzoq vaqtdan buyon bilsak, yangi yo‘llar, istiqbollar yoki imkoniyatlarni ko‘rish shuncha qiyin bo‘ladi. Advokat va san'at tarixchisi ma'lumotiga ega maslahatchi va o‘qituvchi Emi German "qarash" va "ko‘rish" o‘rtasidagi farqni tushunishga yordam beruvchi qiziq dasturni ishlab chiqdi. "Qabul qilish san'ati" kursi doirasida u politsiya izquvarlari, FQB agentlari va hatto MRB va razvedka vakillarini Metrpoliten muzeyi, Frik kolleksiyasi va boshqa mashhur badiiy muzeylarga olib borgan. Jinoyatlar va terrorizmga o‘rganib qolgan nomdor mutaxassislar Pikasso, Karavajo, Edvard Xopper va boshqa rassomlarning san'at asarlarini tomosha qilishlari kerak edi. Germanning so‘zlariga ko‘ra, mashg‘ulot mohiyati "san'at asariga qarash emas, ko‘rganlarini so‘zlab berish"da bo‘lgan.

Har safar tajribali kuzatuvchilar kartinaning eng ahamiyatli elementlarini sezishmasdi, sahnadagilarga izoh beruvchi yaqqol belgilarga e'tibor berishmasdi yoki shunchaki ko‘rganlarni qanday qilib so‘zlab berishni bilishmasdi (ular taassurotlarni faqat so‘zlar orqali, noaniqlikni bildiruvchi so‘zlarni qo‘llamagan holda tasvirlashni so‘rashgan).

"O‘z qarashlaringizni o‘zgartirishga qo‘rqmang", - derdi pedagog atrofga boshqacha qarab, ishdagi dalillar tahliliga yondashuvni o‘zgartirishni o‘rganganganiga iqror bo‘lgan talabalariga. Emi Germanning seminari - izquvar va razvedkachi uchun kundalik ishlarning odatiy tartibidan uzoqlashishning ajoyib usuli, malaka oshirish va ko‘nikma orttirish uchun ko‘ngilochar va foydali mashg‘ulot.

"Nyu-Yorkda noodatiy narsalarga o‘rganib qolasan kishi, shuning uchun tayyorlash jarayonida biz kuzatuvchanlikni rivojlantirishga harakat qilamiz", - deya izoh beradi politsiya boshlig‘ining o‘rinbosari. Biroq tajriba paradoksi, kelajak imkoniyatlarini chetlab o‘tib, o‘tmish tajribasidan kelib chiqib, atroflicha o‘ylash odatini yengib o‘tishning osonroq yo‘li bormikan? Agar bor bo‘lsa, uzoq vaqtdan beri faoliyat yuritib kelayotgan tashkilotlarning katta o‘zgarishlarga qiyinchilik bilan erishayotganini inobatga oladigan bo‘lsak, bu oson emas va dunyodan "dadil kompetentlik" modelini talab qiladi.

Men bu iborani birinchi marta dunyodagi eng qadimiy reklama agentliklaridan biri Foote, Cone & Belding marketologlaridan eshitganman. Meni kompaniyaning Chikagodagi idorasida chiqish qilishga taklif qilishdi, biroq u yerga borib, ko‘proq tinglash kerakligini tushunib yetdim. Mahalliy rahbariyat rejalashtirish mutaxassislari bilan birga biznesga o‘z yondashuvlarini ishlab chiqishdi, u atayin chuqur o‘ylamaslikka, ya'ni "oddiy, tabiiy, ishonchli" va bir vaqtning o‘zida "qo‘rquv uyg‘otuvchi, murakkab va yorqin" g‘oyalarga asoslangan.

Bunday g‘oyalarni topish uchun ular "Strategik chiziqlar" - kun bo‘yi davom etadigan yig‘ilishlar o‘tkazishadi va u yerda tovar tarixi batafsil o‘rganiladi va original kelajak g‘oyalari ishlab chiqiladi (masalan, "tovarning teskari osilishi, hech kim tanimaydigan darajada kiyinish, stulda turish. Bu harakatlarning muqobilini toping", deyiladi bir rahbariyatda). Biroq bu texnikalarning bari ishlashi uchun ham ijodiy ishchilar, ham hisobchilar agentlik tilida aytganda, dadil kompetentlikka ega bo‘lishi kerak...

Ma'lum bo‘lishicha, dadil kompetentlik atamasi chikagolik marketing daholari tomonidan o‘ylab topilmagan. U jaz olamidan kelgan va eng dadil musiqachilarning improvizatsiyaga yo‘l ochib, mukammallikka yetkazilgan mahorati chegarasidan tashqariga chiqishini ifodalaydi...

Dadil kompetentlik - shunchaki metafora emas. Barretning hisoblashicha, bu usul musiqiy guruhlar yetakchilari va biznes rahbarlarining bilimlariga tasavvurni cheklashga yo‘l qo‘ymaydi. "Qat'iy qaror"dan boshlash - hamkasblarni avval jazm qilmagan xatti-harakatlarga undash, boshqalarning kuchli tomonini ularning o‘zidan-da yaxshi ko‘ra bilish kerak. Keyingi qadam "odatiylikdan biroz chekinish" - odamlarni o‘ylashga majbur qiluvchi biror ish qilish, e'tiborni boshqa narsaga qaratishni ko‘zda tutadi. Xatti-harakatlarni talab qiluvchi vaziyatlarni yuzaga keltirish - odamlarni jarayonlar davomida o‘rganishga majbur qilish ham juda muhim. O‘rganish jarayoni rag‘batlantiruvchi takrorlanishlar yordamida osonlashadi, vaziyatlarni yuzaga keltirish qadam-baqadam anglangan holda ro‘y beradi, ehtiyotkorlik esa sekin-asta yo‘qolib boradi. Nihoyat, "analoglar keskinligini oshirish" - odamlarga taqqoslash uchun o‘tmishga sho‘ng‘ish erkinligini berish kerak.

"Kutilgan hech nima qilmaymiz": doiradan tashqariga chiqish

Foto: wikihow

Xatti-harakatlarga kuch baxsh etuvchi va aqlni jonlantiruvchi dadil kompetentlikni to‘liq ko‘rish uchun Mayami-Bichdagi katta avtoturargoh qanday qilib madaniy maskanga aylanganini ko‘rish kifoya. Ha-ha, aynan avtoturargoh. Yetti qavatli bino Linkoln-roud va Alton-roud kesishmasida joylashgan. «Linkoln-roud, 1111» nomi bilan mashhur maskan do‘konlar aylangani yoki Saut-Bichning qumli sohillari bo‘ylab sayrga kelganlar o‘z avtomobillarini joylaydigan joydir.

"Biz Linkoln-roudning tarixiy kelib chiqish joyi g‘oyasiga qaytishni istadik", - deydi bu maskanni "san'at"ga aylantirgan Vennet. Bu inqilobiy loyihaga kirishishdan avval Vennet ko‘p yillar davomida ko‘chmas mulk bilan ishlagan: 20 yil ko‘chmas mulkka investitsiya kirituvchi yirik kompaniyalarni boshqargan, milliard dollarlik loyihalarga boshchilik qilgan va atrof-muhit haqida biznesdan kam qayg‘urmaydigan inson sifatida e'tirof etilgan. Biroq uning birorta loyihasi Mayami-Bichdagi avtoturargohdek yorqin va notipik bo‘lmagan. Yangi bino 2010 yilning bahorida ochilgan va tanqidchilar tomonidan ijobiy baholanib, xalq mehrini qozongan. Avtoturargoh shu qadar talabgor bo‘ldiki, nafaqat avtomobilchilar, balki xayriya tadbirlari, yangi ichimliklar degustatsiyasi va yulduzli oqshomlar tashkilotchilari orasida ham keng tanildi. Bino markazidagi asosiy zinapoyalar quruq amerikacha avtoturargoh emas, nafis Yevropa vokzaliga o‘xshash muhitni yuzaga keltiradi. Hamma yerda haykallar va xalq amaliy san'ati namunalari. Zamonaviy restoranlar va do‘konlar binoning tashqi tomonga qaragan qismida joylashgan. Ertalablari, ayniqsa yomg‘irli havoda sportsevarlar avtoturargoh yo‘llari bo‘ylab yugurishadi, yuqori qavatlarda esa yoga seanslari o‘tkaziladi. U yerda hatto to‘y o‘tkazish uchun ruxsat so‘raladi, hatto New York Times'da shunday to‘ylardan biri haqida xabar berilgan.

Vinnett do‘stlari bilan doim qandaydir kutilmagan yangiliklar qilish imkoniyatlarini izlaydi.

O‘z bilimingiz va tajribangizning kutilmagan yangiliklar sari intilish yo‘lida g‘ov bo‘lishiga imkon bermang.

Mavzuga oid