Fan-texnika | 10:08 / 02.10.2017
20098
4 daqiqa o‘qiladi

«UZDIGITAL TV» xizmat ko‘rsatish hududini kengaytirmoqda

Foto: UZDIGITAL TV

Raqamli televideniye O‘zbekistonning nafaqat poytaxtida ma'lum va mashhur. «UZDIGITAL TV» xizmat ko‘rsatish hududini kengaytirmoqda – 29 sentabr kuni Samarqand shahrida sotuv va abonentlarga xizmat ko‘rsatish ofisi raqamli televideniye muxlislari uchun o‘z eshiklarini ochdi.

O‘zbekiston aholisi orasida raqamli televideniye xizmatlariga bo‘lgan talab shiddat bilan oshib bormoqda. Shu munosabat bilan “UZDIGITAL TV» MChJ mamlakat hududlarida o‘z qamrovini kengaytirmoqda. Hududiy ofislar faoliyati ham jismoniy, ham yuridik shaxslarga xizmatlar to‘plamini taqdim etishga yo‘naltirilgan.

Foto: UZDIGITAL TV

Samarqand shahridagi ofisning ishga tushirilishi bilan hududiy ofislar tarmog‘i ortib borishdan to‘xtab qolmaydi, kompaniya abonentlarga qulaylik yaratish maqsadida butun Respublika bo‘ylab kengayishni rejalashtirgan. Oldinda Respublikaning boshqa viloyatlarida ham abonentlarga xizmat ko‘rsatish ofislarini ochish rejasi turibdi, navbatda Navoiy va Buxoro shaharlarida “UZDIGITAL TV” ofislari ochilishi rejalashtirilgan.

Foto: UZDIGITAL TV

“UZDIGITAL TV” MChJ bugungi kunda O‘zbekistondagi yetakchi raqamli televideniye provayderi hisoblanadi. Telekanallar paketida 65 ta telekanal mavjud: 21 milliy va 44 xorijiy telekanal. Hozirda sotuv va abonentlarga xizmat ko‘rsatish ofislari Toshkent, Farg‘ona, Andijon, Namangan va Samarqand shahrida faoliyat yuritmoqda. Hududiy ofislarning bunday kengayishi kompaniyaning butun O‘zbekiston bo‘ylab abonentlarining qulayligi borasida qayg‘urayotganidan dalolat beradi.

Foto: UZDIGITAL TV

Kompaniyada 24 soat davomida abonentlarni texnik qo‘llab-quvvatlash xizmati (Call – markaz) yo‘lga qo‘yilgan. Abonentlarga yanada ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida mobil aloqa vositalari uchun «UZDIGITAL TV» mobil ilovasi ishlab chiqilgan bo‘lib, uning yordamida o‘z xizmatlar paketingizni boshqarishingiz mumkin: doimo o‘z balansingiz haqida ma'lumotga ega bo‘lish, shu bilan birga elektron ko‘rsatuvlar dasturi (EPG) ning yodga solish funksiyasidan foydalanib, sevimli ko‘rsatuvlaringizni o‘tkazib yubormaslik imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Shuningdek, xizmatlar paketini telegram-BOT yoki www.uzdtv.uz saytida shaxsiy kabinet orqali ham boshqarishingiz mumkin.

Bundan tashqari, abonentlar haftada 7 kun, 24 soat davomida o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha bepul maslahat olishlari mumkin.

Foto: UZDIGITAL TV

«UZDIGITAL TV» kompaniyasining faoliyati tamoyili har bir mijoz talabiga individual yondashuv va har bir mijoz uchun maksimal qulaylik yaratishga asoslanadi!

Kompaniya xizmatlari uchun to‘lovlarni PAYNET, CLICK, UZCARD, PayMe, U-PAY, MBANK, Woy-wo to‘lov tizimlari, shuningdek, “Aloqa Bank”, “Ipak Yo‘li Banki” va “Ipoteka Bank” orqali amalga oshirish mumkin.

Davomi bor...

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid