Sport | 10:49 / 07.10.2017
12922
4 daqiqa o‘qiladi

JCh-2018. Saralash, KONKAKAF. AQSh muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi

Foto: Getty Images

AQSh terma jamoasi JCh-2018 saralash bosqichining KONKAKAF mintaqasidagi 9-turni g‘alaba bilan yakunladi. Amerikaliklar yo‘llanma uchun asosiy raqibi bo‘lib qolayotgan Panama terma jamoasini yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi. 

8-daqiqada Kristian Pulishich hisobni ochgan bo‘lsa, Jozi Altidor dublga erishdi. Bobbi Vudning ikkinchi bo‘limda kiritgan goli esa yakuniy natijani o‘rnatdi — 4:0. 

Natijada AQSh ochkolari sonini 12taga yetkazib oldi va Panamadan uchinchi o‘rinni tortib oldi. Panamaliklar 10 ochko bilan pley-offda ishtirok etish imkoniyatini beradigan 4-o‘ringa tushib ketdi.

JCh yo‘llanmasini naqd qilib qo‘ygan Meksika terma jamoasi esa bu turda Trinidada va Tobagoni qabul qilib, murakkab kechgan uchrashuvda 3:1da g‘alaba qozondi va 21 ochko to‘plab guruhda birinchi o‘rin masalasini hal qildi.

Guruhning so‘nggi tur uchrashuvlarida yagona yo‘llanma uchun AQSh, Panama va Honduras (8 o‘yinda 9 ochko) terma jamoalari kurash olib boradi. Meksika va Kosta-Rika terma jamoalari amalda JCh yo‘llanmasini naqd qilib qo‘yishgan. Faqat mo‘'jiza Kosta-Rikaga to‘sqinlik qilishi mumkin. Jamoani ikkita uchrashuvda bir ochko ham qoniqtiradi.

JCh-2018 saralash. KONKAKAF
9-tur

AQSh terma jamoasi JCh-2018 saralash bosqichining KONKAKAF mintaqasidagi 9-turni g‘alaba bilan yakunladi. Amerikaliklar yo‘llanma uchun asosiy raqibi bo‘lib qolayotgan Panama terma jamoasini yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi. 

8-daqiqada Kristian Pulishich hisobni ochgan bo‘lsa, Jozi Altidor dublga erishdi. Bobbi Vudning ikkinchi bo‘limda kiritgan goli esa yakuniy natijani o‘rnatdi — 4:0. 

Natijada AQSh ochkolari sonini 12taga yetkazib oldi va Panamadan uchinchi o‘rinni tortib oldi. Panamaliklar 10 ochko bilan pley-offda ishtirok etish imkoniyatini beradigan 4-o‘ringa tushib ketdi.

JCh yo‘llanmasini naqd qilib qo‘ygan Meksiki terma jamoasi esa bu turda Trinidada va Tobagoni qabul qilib, murakkab kechgan uchrashuvda 3:1da g‘alaba qozondi va 21 ochko to‘plab guruhda birinchi o‘rin masalasini hal qildi.

Guruhning so‘nggi tur uchrashuvlarida yagona yo‘llanma uchun AQSh, va Panama va Honduras (8 o‘yinda 9 ochko) terma jamoalari kurash olib boradi. Meksika va Kosta-Rika terma jamoalari amalda JCh yo‘llanmasini naqd qilib qo‘yishgan. Faqat mo‘'jiza Kosta-Rikaga to‘sqinlik qilishi mumkin. Jamoani ikkita uchrashuvda bir ochko ham qoniqtiradi.

JCh-2018 saralash. KONKAKAF
9-tur

AQSh — Panama 4:0 (3:0)
Gollar: 
Pulishich (8), Altidor (18, 43-pen), Vud (63).

Meksika — Trinidad va Tobago 3:1 (0:0)
Gollar: 
Losano (78), Ernandes (88), Errera (90+4) — Vinchester (66).

Foto:  FIFA

 

Mavzuga oid