Fan-texnika | 09:15 / 09.10.2017
16987
3 daqiqa o‘qiladi

«UZDIGITAL TV» raqamli televideniyasi endi Navoiy viloyatida

Foto: UZDIGITAL TV

Yuqori sifatli va barqaror tasvir bu haqiqat! Raqamli televideniye O‘zbekistonning nafaqat poytaxtida mavjud, endi 6 oktabrdan boshlab Navoiy shahrida sotuv va abonentlarga xizmat ko‘rsatish ofisi, raqamli televideniye muxlislari uchun Islom Karimov ko‘chasi 3-a uy manzili bo‘yicha o‘z eshiklarini ochdi.

Navoiy shahridagi ofisning ishga tushirilishi bilan hududiy ofislar tarmog‘i ortib borishdan to‘xtab qolmaydi, kompaniya abonentlarga qulaylik yaratish maqsadida butun Respublika bo‘ylab kengayishni rejalashtirgan. Oldinda Respublikaning boshqa viloyatlarida ham abonentlarga xizmat ko‘rsatish ofislarini ochish rejalari turibdi, navbatda Qarshi va Buxoro shaharlarida «UZDIGITAL TV» ofislari ochilishi rejalashtirilgan.

Foto: UZDIGITAL TV

«UZDIGITAL TV» MChJ bugungi kunda O‘zbekistondagi yetakchi raqamli televideniye provayderi hisoblanadi. Telekanallar paketida 65ta telekanal mavjud: 21 milliy va 44 xorijiy telekanal. Hozirda sotuv va abonentlarga hizmat ko‘rsatish ofislari Toshkent, Farg‘ona, Andijon, Namangan va Samarqand shaharlarida faoliyat yuritmoqda. Hududiy ofislarning bunday kengayishi kompaniyaning butun O‘zbekiston bo‘ylab abonentlarining qulayligi borasida qayg‘urayotganidan dalolat beradi.

Foto: UZDIGITAL TV

Kompaniyada 24 soat davomida abonentlarni texnik qo‘llab-quvvatlash xizmati (Call – markaz) yo‘lga qo‘yilgan. Abonentlarga yanada ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida mobil aloqa vositalari uchun «UZDIGITAL TV» mobil ilovasi ishlab chiqilgan bo‘lib, uning yordamida o‘z xizmatlar paketingizni boshqarishingiz mumkin: doimo o‘z balansingiz haqida ma'lumotga ega bo‘lish, shu bilan birga elektron ko‘rsatuvlar dasturi (EPG) ning yodga solish funksiyasidan foydalanib, sevimli ko‘rsatuvlaringizni o‘tkazib yubormaslik imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Shuningdek, xizmatlar paketini telegram-BOT yoki www.uzdtv.uz saytida shaxsiy kabinet orqali ham boshqarishingiz mumkin.

Foto: UZDIGITAL TV

Bundan tashqari, abonentlar haftada 7 kun, 24 soat davomida o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha bepul maslahat olishlari mumkin.

«UZDIGITAL TV» kompapniyasining faoliyati tamoyili har bir mijoz talabiga individual yondashuv va har bir mijoz uchun maksimal qulaylik yaratishga asoslanadi!

Kompaniya xizmatlari uchun to‘lovlarni PAYNET, CLICK, UZCARD, PayMe, U-PAY, MBANK, Woy-wo to‘lov tizimlari, shuningdek, «Aloqa Bank», «Ipak Yuli Banki» va «Ipoteka Bank» orqali amalga oshirish mumkin.

Davomi bor...

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid