Jahon | 08:20 / 14.10.2017
15012
1 daqiqa o‘qiladi

IShID poytaxti jangarilardan ozod qilindi

Suriyaning IShID tomonidan egallab olingan va ma'muriy markaz deb e'lon qilingan Raqqa shahri butunlay estremistlardan ozod qilindi. Bu haqda Al Arabiya telekanali o‘z manbalariga asoslangan holda xabar qilmoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, jangarilar guruhlarining qoldiqlari "Suriya demokratik kuchlari"ga taslim bo‘lgan. 

Raqqani ozod qilish bo‘yicha hujum 6 iyunda boshlangan edi. SDKni havodan AQSh yetakchiligidagi xalqaro koalitsiya harbiy-havo kuchlari qo‘llab-quvvatladi. 

Mavzuga oid