Jahon | 14:30 / 16.10.2017
27838
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston qirg‘iz mahsulotlari importiga taqiq qo‘ydi

Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi o‘tkazilishi bilan qo‘shni mamlakat Qozog‘iston Respublikasi qirg‘iz tadbirkorlari tomonidan ishlab chiqariladigan bir necha turdagi sut mahsulotlari importiga taqiq qo‘ydi. Qozog‘iston Axborot va kommunikatsiyalar vazirligi e'lon qilgan xabarga ko‘ra, qirg‘izlarning 5ta firmasida ishlab chiqarilgan sut mahsulotlarini import qilish noma'lum muddatgacha to‘xtatib qo‘yiladi.

Xabarda aytilishicha, importga taqiq qo‘yilishiga «veterinar nazorat kuchaytirilgani» sabab bo‘lgan. Bundan avval, inspeksiya xizmati mahsulotlar iste'molga yaroqsizligini aniqlangan bo‘lib, qarorda nomi zikr etilmagan firmalar tez orada ommaga oshkor qilinadi.

Bunga javoban Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Almazbek Atamboyev «agar vaziyat shunday davom etaversa, YeOIH a'zo davlat rahbarlarining navbatdan tashqari sammitini o‘tkazishini, ushbu masalani keng doirada ko‘rib chiqishini» ta'kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, qirg‘iz-qozoq chegarasida yuzaga kelayotgan ziddiyatlar diplomatik munosabatlarning sovuqlashib qolgani bilan boshlandi. Buning ustiga, Qozog‘iston «madadiga ega» ekanligida ayblangan Babanovning prezidentlik saylovida yutqazgani ham jarayonni murakkablashtirmoqda.

Mavzuga oid