Fan-texnika | 08:48 / 17.10.2017
8914
2 daqiqa o‘qiladi

Daimler bir milliondan ko‘proq mashinasini qaytarib olmoqda

Foto: AFP 2017 / Thomas Kienzle

Germaniyaning Daimler AG avtokonserni xavfsizlik yostiqchalarining o‘z-o‘zidan ochilib ketishi bilan bog‘liq nosozlik tufayli butun dunyo bo‘ylab bir milliondan ko‘proq mashinasini qaytarib olmoqda. Bu haqda kompaniya vakiliga iqtibos keltirgan holda The Wall Street Journal nashri xabar berdi. 

"Kompaniya Buyuk Britaniyadan 400 mingta va Germaniyadan 200 mingta Mercedes-Benz mashinasini qaytarib oladi. Shuningdek, boshqa davlatlardan ham mashinalar qaytarib olinadi", deb aytgan kompaniya vakili.

Uning aytishicha, ushbu nosozlik kamdan-kam hollarda yuz beradi va xavfsizlik yostiqchalarining o‘zi nosoz emas. Ushbu holat Takata korporatsiyasining xavfsizlik yostiqchalari bilan bog‘liq mojaroga aloqasi yo‘q. 

Yaponiyaning Takata korporatsiyasi 2014 yilda u ishlab chiqargan xavfsizlik yostiqchalari mashina harakatlanganda o‘z-o‘zidan ochilib ketishi bilan bog‘liq mojaro markazida qolgan. Ushbu nosozlik kamida 16 ta o‘limga olib kelgan. Ushbu nosozlikni to‘g‘rilash uchun butun dunyodan turli kompaniyalarning millionlab mashinalari qaytarib olingan. 

Daimler AG dunyodagi eng yirik avtomobilsozlik konsernlaridan biri hisoblanadi. U 1883 yil tashkil topgan. 1998 yilda AQShning Chrysler kompaniyasi bilan birlashishi natijasida Daimler Chrysler AG kompaniyasi vujudga kelgan. Kompaniya 2007 yildan yana Daimler deb nomlana boshlangan.

Mavzuga oid