Sport | 16:50 / 17.10.2017
13019
2 daqiqa o‘qiladi

Muay-tay. Boburjon Tog‘ayev Xitoydagi jahon chempionatida g‘olib chiqdi

15 oktabr kuni Xitoyning Chengdu shahrida muay-tay bo‘yicha professionallar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida 67 kg vazn toifasida samarqandlik xalqaro toifadagi sport ustasi, ko‘p karra jahon chempioni Boburjon Tog‘ayev yarim finalda mezbon sportchisi, finalda esa rossiyalik Dmitriy Grafov ustidan g‘alaba qozonib, chempionlik kamarni qo‘lga kiritdi. 

Boburjon Tog‘ayev 1993 yil 5 aprelda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Bugungi kunda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti 4-bosqich talabasi. Sportning muay-tay turi bilan 9 yildan buyon murabbiy Feruz Toshev qo‘l ostida shahardagi 2-son bolalar va o‘smirlar sport maktabida shug‘ullanib kelmoqda.

U ko‘plab xalqaro sport musobaqalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Jumladan, 2010 yilda Bangkok (Tailand)da bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati, 2014 yil Malayziyaning Langkavi shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida, 2014 yil Tailandning Pxuket shahrida o‘tkazilgan Osiyo sohil o‘yinlarida kattalar o‘rtasida birinchi o‘rinni, 2015 yil Bangkok shahrida muay-tay bo‘yicha o‘tkazilgan Jahon universiadasi kubogida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Mavzuga oid