Xitoylik ayolning burni ichida tish o‘sib chiqdi
Xitoylik shifokorlar burni ichida tish o‘sib chiqqan ayolda jarrohlik amaliyotini o‘tkazishdi. Daily Mail shu haqida xabar berdi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, bemor ko‘p yillar davomida burun bitishi va qon oqishidan shikoyat qilgan. Uning o‘zi buni surunkali rinit deb hisoblagan, biroq Xunan provinsiyasidagi davlat shifoxonasi otolaringologlari buning asl sababini topishga muvaffaq bo‘lishdi.
Rentgen natijasi ayol burun bo‘shlig‘ining o‘ng tomonida yot jism borligini ko‘rsatgan. Shifokorlar u yerga kichik tosh kirib qolgan deb o‘ylab, uni olib tashlashga qaror qilishgan. Biroq operatsiya vaqtida bemorning burni ichida tish o‘sib chiqqani ma'lum bo‘ldi.
Hozir ayol o‘zini yaxshi his qilmoqda, uning burnidan qon oqishi to‘xtagan, burun bitishi ham bezovta qilmayapti.
Shifokor-stomatologning nashrga ma'lum qilishicha, tishlarning faqat og‘iz bo‘shlig‘ida chiqmasligi holatlari haqiqatda mavjud, biroq bunday holatlar juda kam.
Mavzuga oid
15:03 / 10.12.2024
Xitoy koronavirus Uhan laboratoriyasida yaratilganini rad etdi
15:02 / 10.12.2024
Olimlar ekologik toza quyosh batareyalarini ishlab chiqarish usulini topdi
20:48 / 09.12.2024
Tramp saylovda g‘alaba qozonganidan keyin birinchi marta Si Jinping bilan suhbatlashdi
07:44 / 09.09.2023