Apple kompaniyasi Qualcomm chiplaridan voz kechmoqda
Kelgusi avlod Apple mahsulotlarida Qualcomm chiplari bo‘lmasligi mumkin. Bu haqida bugun The Wall Street Journal xabar berdi. Kupertinodagi kompaniya Qualcomm modemlarini iPhone'ga munosib yagona chop deb hisoblab kelgan, biroq bozorda muqobil variantlarning paydo bo‘lishi va kompaniyalar o‘rtasidagi sud jarayonlari nihoyat ko‘p yillik hamkorlikka nuqta qo‘yishi mumkin.
Apple kompaniyasining ismini oshkor qilishni istamagan manbalarining aytishicha, iPhone va iPad kelgusi yilda birinchi marta Qualcomm chiplarisiz ishlab chiqarilishi ehtimoli bor. Dunyoning turli burchaklaridagi o‘zaro ayblovlar va sud jarayonlari Tim Kuk kompaniyasining Intel yoki MediaTek chiplariga o‘tish ehtimolini yuzaga keltirdi.
Nashr manbalarining ta'kidlashicha, Apple'ning bunday xatti-harakatlari majburiy choradir. Gap shundaki, dastlab Qualcomm o‘z chiplarining iPhone va iPad'da sinalishidan voz kechdi, keyin esa o‘z sherigiga sinovlar uchun zarur dasturiy ta'minotni taqdim etishni to‘xtatdi.
Apple chip yetkazib beruvchiga qarshi aksilmonopoliya tergov doirasida Janubiy Koreya hukumati bilan hamkorlik qilishga qaror qilganidan keyin Qualcomm azaliy sherigiga chegirma taqdim etishni to‘xtatdi. Ta'kidlash joizki, Janubiy Koreya hukumati dekabr oyida aksilmonopoliya qonunchilikni buzgan Qualcomm'ni 853 million dollar jarimaga tortgan.
Apple ilk iPhone paydo bo‘lgandan buyon Qualcomm modemlarini xarid qilib kelgan. Dunyoda Qualcomm texnologiyasi bo‘yicha ishlab chiqaruvchi yana besh kompaniya bor, smartfon ishlab chiqaruvchilari ulardan istaganini sherik sifatida tanlashi mumkin.
Mavzuga oid
00:31 / 26.12.2024
Apple o‘zining onlayn do‘konidan mustaqil OAV ilovalarini o‘chirib tashlayotganiga izoh berdi
00:31 / 18.12.2024
Kongo Appleʼni noqonuniy qazib olinayotgan minerallardan foydalanishda aybladi
20:50 / 16.12.2024
Apple yupqa iPhone va buklama qurilmalarni chiqaradi – OAV
19:56 / 13.12.2024