Fan-texnika | 12:20 / 01.11.2017
13450
1 daqiqa o‘qiladi

Samsung Galaxy S9 orqa panelining shakli o‘zgarishi mumkin

Tayvan kompaniyasi foydalanuvchilarning asosiy da'volaridan biriga diqqat qaratdi. Endilikda yangi smartfonning orqa paneli dizayni o‘zgarishi mumkin.

Samsung yangi Galaxy S9 telefonining dizayniga o‘zgartirish kiritish borasida ish olib bormoqda, deb xabar qilgan manba. Uni o‘zgartirishga sabab: foydalanuvchilarning barmoq izini skanerlash sensorining joylashuvidan noroziligidir. 

Galaxy gadjyetlari egalariga ko‘ra, skanerning kamera yonida joylashuvi barmoqning obektivga tez-tez tegib ketishi sababli noqulayliklar keltirib chiqaradi. Chunki kamerani tez-tez artib turishga to‘g‘ri keladi.

Samsung, shuningdek, orqa penaldagi boshqa elementlar tashqi ko‘rinishi ustida ham ishlamoqda. Bu bilan Galaxy S9 dizayni yanada jozibali bo‘lishi kutilmoqda.

Mavzuga oid