Sport | 08:50 / 03.11.2017
22511
2 daqiqa o‘qiladi

Video: Evra «Kantona rejimi»ni yoqdi

«Marsel» himoyachisi Patris Evra Yevropa Ligasining 4-turi doirasida «Vitoriya Gimaraynsh»ga qarshi uchrashuv boshlanmasidanoq qizil kartochka oldi. 

L'Equipe nashri jurnalisti tvitterda ma'lum qilishicha, jamoalar chigalyozdi mashg‘ulotlari o‘tkazayotgan vaqtda maydon chetidagi muxlislar Patrisni haqoratlay boshlashgan. Futbolchi yarim soatga yaqin vaqt bunga e'tibor qilmaslikka uringan, ammo o‘zini haqoratlayotganlar tomonga qarab chopgan. Futbolchi muxlislardan birining boshiga chap oyog‘i bilan zarba bergan. U zayavkaga kiritilgan futbolchilar safida bo‘lgani bois, fransuzlar jamoasi o‘yinni 10 kishi bo‘lib boshlagan. Jamoa 80-daqiqada gol o‘tkazib yubordi va mag‘lub bo‘ldi. Qolaversa, o‘yin oxirida jamoa darvozaboni Stiv Mandanda ham qizil kartochka olib maydonni tark etdi.

Evra — Yevropa Ligasi tarixida hakam hushtagi chalinishidan oldin qizil kartochka olgan ilk futbolchiga aylandi.

Bu harakati bilan u «Manchester Yunayted»ning afsonaviy futbolchilaridan biri Erik Kantonani eslatib yubordi. 1995 yili fransiyalik bu futbolchi «Kristal Pelas»ga qarshi o‘yinda maydonni tark etish asnosida o‘zini haqoratlagan raqib jamoa muxlisiga kung-fu usulida zarba bergandi.

Mavzuga oid