Jamiyat | 00:05 / 07.11.2017
14289
4 daqiqa o‘qiladi

Yolg‘on xabarlarni qanday ajratish mumkin?

Foto: Fotolia

CNN jurnalisti Kristian Amanpur TED'dagi intervyusida yolg‘on xabarlar (fake news) muammosini muhokama qildi va nima uchun haqiqiy dalillarni soxta xabarlardan ajratishni o‘rganish zarurligi haqida so‘zladi. 

Feyk yangiliklari nima o‘zi?

Yaqqol misol — iqlim o‘zgarishiga doir debatlar. Ma'lumotlarning 99,9 foizi ilm-fan tomonidan tasdiqlangan, biroq u iqlim o‘zgarishlarini inkor qilayotganlarning bayonotlari bilan bir qatorda muhokama qilinmoqda. Feyk yangiliklar atamasi faqat so‘nggi bir necha yilda paydo bo‘ldi va bu shunchaki qo‘llash mumkin bo‘lgan so‘z birikmasi emas. Soxta ma'lumotdan chinini ajrata olmas ekanmiz, yig‘ilib qolgan muammolar yechimini topa olmaymiz. Bu esa haqiqatda tashvish uyg‘otadi.

Shunday vaziyatlar bo‘ladiki, ularga befarq qarab bo‘lmaydi, aks holda vositachiga aylanasiz. Jurnalistlar uchun esa obektivlik ayniqsa muhim. Obektivlik nima ekani hammaga ham ma'lum emas. Ko‘pchilik obektiv bahoni ziddiyatning barcha tomonlarini teng ayblashda ko‘radi. Biroq aslida obektiv bo‘lish - barcha tomonlarga o‘z fikrini bayon qilish imkonini berish va ularni birdek tinglash, biroq ularni axloqiy jihatdan tan olmaslik yoki deyarli teng qabul qilish. 

Xalqaro qonunlar va inson huquqlarini qo‘pol buzishdek vaziyatda nima haqiqatu nima to‘qima ekanini tushunmasak, biz ham hamtovoqqa aylanib qolamiz.

Ular nimasi bilan xavfli?

Internet endigina rivojlana boshlaganida aksariyat uni bilim olish imkoniyatlarini bir necha barobarga oshiradi deb o‘ylagan, shu bilan birga, axborot kanallarining ko‘payishi ma'lumotlarning aniqligi va shaffofligini ta'minlaydigandek tuyulgan. Aslida esa, buning aksi bo‘ldi, deb hisoblaydi Amanpur. Yangiliklar platformalari va ijtimoiy tarmoqlarning misli ko‘rilmagan darajada ko‘payib ketishi bilan odamlar o‘z "qobig‘i"ga o‘ralib qola boshladi. Ular tor doiradagi qiziqishlar bilangina cheklanib, umumiy kartinani ko‘rishmaydi.

Ommaviy axborotning an'anaviy vositalarida har holda muayyan normalarga rioya qilinardi. Voqealarning haqiqatga to‘g‘ri kelish yo kelmasligi tekshirilardi. Biroq endi aksariyat holatlarda nashr va yangiliklarni tarqatishdan maqsad o‘quvchilar e'tiborini jalb qilish bo‘lib qoldi. Tabiiyki, bu yo‘lda ko‘p ishonchsiz ma'lumotlar paydo bo‘ladi.

Qanday himoyalanish mumkin?

  • Axborot manbalariga ehtiyotkorlik bilan yondashing;
  • Qanday yangiliklarni o‘qiyotganingiz, tinglayotganingiz va ko‘rayotganingizga mas'uliyat bilan yondashing4
  • Qancha ko‘p axborot manbaini sahifalasangiz ham, doim birinchi navbatda bir necha ishonchli manbaga tayaning.

"Bugungi kunda muammolarimiz ko‘lami shu qadar kattaki, haqiqatni qadrlaydigan va ilmiy isbotlangan dalillarga asoslanadigan dunyo fuqarolarining barchasi birga harakat qilmasa, halokatga yuz tutamiz", - deydi Kristian Amanpur.

Mavzuga oid