Jarima elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan qoplandi
Ellikqal'a tumani Bo‘ston shahar M.Yusuf ko‘chasida istiqomat qiluvchi Sh.M. Majburiy ijro byurosi Ellikqal'a tuman bo‘limi xodimlari tomonidan iste'molchi xonadonining elektr hisoblagichi tamg‘alanmaganligi sababli jarima yozilganidan noroziligini bildirib, tuman Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi, deb xabar bermoqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi matbuot va axborot sektori.
Norozilik sababi - TETK xodimi xonadonga yaqinda yangi hisoblagich o‘rnatgan, lekin o‘sha paytda hisoblagichni tamg‘alash tugul bu bo‘yicha xonadon egasini ogohlantirmagan.
Ushbu masalaga aniqlik kiritish uchun jamiyat hamda Ellikqal'a tuman ETK xodimlari ishtirokida o‘rganish ishlari olib borildi. Jarayonda iste'molchi xonadoniga yozilgan jarima, Ellikqal'a TETK xodimining mas'uliyatsizligi oqibatida yuzaga kelgani aniqlandi. Jamiyat tomonidan iste'molchiga jarimasini qoplash uchun Ellikqal'a ETKdan jami 450 000 so‘m pul undirib berildi.
Mavzuga oid
11:08 / 24.12.2024
Xorazmda yangi quyosh elektr stansiyasi ishga tushiriladi
09:19 / 19.12.2024
To‘rt viloyatda gaz va elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
08:14 / 18.12.2024
1,8 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan mayning bilan shug‘ullanuvchi shaxs ushlandi
09:02 / 16.12.2024