Fan-texnika | 14:50 / 14.11.2017
11078
3 daqiqa o‘qiladi

FOTO: Emirates kompaniyasining yangilangan birinchi toifa kabinalari

BAAning Emirates aviakompaniyasi yangi xarid qilgan Boeing 777 samolyotlaridagi birinchi klass o‘rinlarini namoyish etdi. Uning taqdimoti 12 noyabr kuni Dubai Airshow xalqaro aviako‘rgazmasida bo‘lib o‘tdi. Emirates vakilining so‘zlariga ko‘ra, birinchi va biznes klasslarning yangi dizayni lyuks avtomobillari saloni, aniqrog‘i, S-sinfidagi Mercedes-Benz dizaynidan ilhomlangan holda ishlab chiqilgan. 

Ta'kidlanishicha, ayni avtomobillar aviakompaniya tomonidan birinchi klass yo‘lovchilari uchun taksi sifatida foydalaniladi. Albatta, bunday dabdaba arzon bo‘lmaydi. Dubay-Jyeneva va Dubay-Bryussel yo‘nalishi bo‘yicha ikki tomonga chipta narxi 9000 dollar turadi. Shunday qilib, bu pulning bahridan o‘tsangiz, butunlay yopiq lyuks kupe sizning ixtiyoringizga beriladi. Uning eshiklari yonga ochiladi. U nimasi bilandir dunyoning eng qimmat poyezdlaridagi kupelarni yodga soladi. 

Foto: Boeing 777

Bu lyuks xonaning maydoni 4 m2 dan sal kamroq. Kompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, o‘rindiq kengaytirilgan holatda bo‘lsa ham kiyinish uchun joy yetarli bo‘ladi. 

Foto: Boeing 777

Kupega kremtusli, kulrang va tillaranglarda ishlov berilgan. Ayniqsa charm o‘rindiqlar, intellektual yoritish tizimi, va albatta, shaxsiy mini bar ham mijoz xizmatiga shay. Bundan tashqari, har bir kupe 32 dyuymli, sensor ekranli televizorga ega.

Foto: Boeing 777

Salon o‘rtasida joylashgan kupe yo‘lovchilari uchun «virtual illyuminatorlar» ham yasalgan. Unda samolyot tashqarisiga joylangan kameradan tasvirlar aks etadi. Haqiqiy illyuminatorlar yonidan joy olganlarga durbin ham beriladi. 

Foto: Boeing 777

Surilib ochiladigan eshiklarda maxsus darchacha bo‘lib, u orqali ichimlik va gazaklarga buyurtma berish mumkin. 

Foto: Boeing 777

Biznes-klass ham jiddiy o‘zgartirilgan. Yo‘lovchilar sportkarlarniki kabi ishlangan yangi o‘rindiqlarda qulay joylasha olishadi. 

Foto: Boeing 777

Ular yangi televizorlarda turli mediamahsulotlarni tomosha qilishlari mumkin.

Foto: Boeing 777

Tejamkor toifa yo‘lovchilari uchun charm tirsakqo‘ygich va boshqo‘ygich, o‘zlariga beriladigan yostiqchalardan bahra olishadi. 

Foto: Boeing 777

Parvoz old o‘rindiqlarning orqa tomoniga o‘rnatilgan ko‘ngilochar tizimlar parvoz vaqtini bezaydi.

Foto: Boeing 777

 

Mavzuga oid