Jahon | 09:20 / 15.11.2017
12789
1 daqiqa o‘qiladi

Zimbabve poytaxtiga kirgan harbiylar televideniye orqali bayonot berdi

Foto: Reuters

Zimbabve poytaxti Xararega tanklar bilan kirib, davlat teleradiokompaniyasini egallab olgan harbiylar ommaga telemurojaat bilan chiqishdi. Bu haqda AFP xabar tarqatdi.

Milliy televideniye orqali namoyish etilgan chiqishda harbiylar ma'lum qilishdiki, prezident Robert Mugabe ayni vaqtda xavfsizlikda turibdi.

Harbiylar bu harakat harbiy davlat to‘ntarishi emasligi, ular 93 yoshli prezidentning atrofidagilarni nishonga olishgani haqida ta'kidlashgan.

Bundan avvalroq harbiylar ZBC telekompaniyasi ofisini o‘z nazoratiga olgani ma'lum bo‘lgandi.

Mavzuga oid