Olimlar tuzning yangi xavfidan ogohlantirishdi
Germaniya, AQSh va Belgiyadan bo‘lgan olimlar guruhining aniqlashicha, osh tuzini haddan tashqari ko‘p iste'mol qilish sut emizuvchilarning ichak mikroflorasiga zarar yetkazishi, hamda turli kasalliklarga olib kelishi mumkin. Bu boradagi tegishli maqola Nature jurnali saytida e'lon qilindi.
Mutaxassislar tuz miqdori ko‘p bo‘lgan mahsulotlar bilan oziqlangan sichqonlar ajratmalarini o‘rganib chiqishdi, hamda ularda Lactobacillus murinus bakteriyalari miqdori kamayganini aniqlashdi. Shu sababdan hayvonlarda autoimmun entsefalomiyelit va gipertenziya paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan.
Shu bilan birga, insonlar o‘rtasida o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, tuzni haddan tashqari ko‘p iste'mol qilishda bakteriyalar soni qisqaradi, shuningdek, 17-tipdagi T-xelper hujayralari soni oshadi, ularning bunday miqdori esa gipertoniyaga olib keladi.
Mavzuga oid
11:19 / 24.12.2024
Atigi ming qadam yurish depressiya xavfini kamaytirishi mumkin – tadqiqot
12:59 / 18.12.2024
Olimlar Marsda suv topish ehtimolini baholadi
16:31 / 16.12.2024
Ukol o‘rniga krem: qoqsholga qarshi yangi turdagi vaksina yaratildi
17:34 / 10.12.2024