Jahon | 18:20 / 16.11.2017
15668
2 daqiqa o‘qiladi

Zimbabveda to‘ntarishdan bir kun o‘tib qanday vaziyat hukm surmoqda?

Foto: Reuters

Zimbabveda hokimiyat harbiylar tomonidan egallab olinganidan bir yarim kun o‘tib siyosiy vaziyat chigal ahvolda qolmoqda. Harbiylar Robert Mugabening 37 yillik boshqaruviga nuqta qo‘yishdi, deb yozmoqda The Guardian gazetasi.

Ta'kidlanishicha, prezident va harbiylar o‘rtasida muzokaralar olib borilayotgani fonida, Mugabe iste'foga chiqish bo‘yicha bosimga qarshilik ko‘rsatayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lmoqda. Xabar qilinishicha, muzokaralarda Mugabega yaqin bo‘lgan katoliklar ruhoniysi ham ishtirok etmoqda.

«Aftidan, hokimiyatning qurollangan kuchlar tomonidan egallab olinishi Mugabening o‘z rafiqasi Greysni Emmerson Mnangagva iste'foga chiqqanidan so‘ng mamlakat vitse-prezidenti lavozimiga tayinlash yo‘lida olib borgan o‘ziga xos kurashiga nuqta qo‘ydi», - deya ta'kidlaydi gazeta.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Mnangagva seshanba, 14 noyabr kuni JARdan Zimbabvega qaytib kelgan. U bu davlatga ishdan bo‘shatilgach qochib ketgandi.

Shuningdek gazetaning yozishicha, mamlakatdagi muxolifat yetakchilaridan biri «turli fraksiyalarga o‘tish hukumatini shakllantirish bo‘yicha muzokara taklifi» bilan chiqqan.

Avvalroq Telegraph gazetasi «dunyodagi eng shafqatsiz mustabid rahbar» - Mugabedan qolgan «meros» haqida ma'lumot bergandi.

Mavzuga oid