Haririy Ar-Riyodga nima uchun borganini aytdi
O‘z iste'fosi haqida e'lon qilgan Livan bosh vaziri Saad Haririy juma kuni Livan kelajagi va uning arab olamidagi o‘rnini muhokama qilish uchun Saudiya Arabistonida bo‘lganini, qolgan barcha taxminlar esa mish-mishdan boshqa narsa emasligini ma'lum qildi.
"Men Saudiya Arabistonida Livan kelajagi va uning arab olamidagi aloqalari haqida muhokamalar o‘tkazish uchun bo‘ldim. Bunga zid keluvchi qolgan barcha taxminlar, mening tashrifim yoki oilamdagi vaziyatga doir gap-so‘zlar - bor-yo‘g‘i mish-mish", - deb yozadi Haririy o‘z Twitter'ida.
4 noyabr kuni Ar-Riyodda bo‘lgan Haririy kutilmaganda o‘z iste'fosi haqida e'lon qildi. Saudiyaning "Al-Arabiyya" kanalida efirga uzatilgan nutqida u "Hizbulloh" shialar harakati va Eronni Livan hamda arab olamida nizo keltirib chiqarishda aybladi, shu bilan birga, unga qarshi suiqasd uyushtirilayotgani to‘g‘risida ma'lum qildi.
"Hizbulloh" harakati yetakchisi Hasan Nasrulloh Haririyning iste'fosi sabablarini Saudiya Arabistonidan izlash kerakligini aytdi, Eron TIV esa Haririyning ayblovlarini asossiz deb atadi. Nasrulloh shuningdek Haririyni iste'foga chiqishga majbur qilishganini va ehtimol, Saudiyada majburlab ushlab turishganini aytdi.
Mavzuga oid
11:33 / 03.12.2024
Livan va Isroil bir-birini sulhni buzganlikda aybladi
15:02 / 02.12.2024
Isroil va Livan sulhidan keyin odamlar uylariga qaytmoqda - fotosuratlar
16:42 / 01.12.2024
Livandagi sulh: «Hizbulloh» chegaradan uzoqlashishi kerak, ammo keyin nima bo‘ladi?
19:07 / 28.11.2024