Ilon Mask kepka sotish orqali mo‘maygina pul ishlab oldi
Ilon Maskning Boring Company startapi o‘z logotipi tushirilgan kepkalarni sotishdan 300 ming dollar ishlab oldi. Maskning aytishicha, qo‘lga kiritilgan mablag‘ “yanada zerikarlikroq buyumlarni” moliyalashtirishga saflanadi.
“Kepkalarning birlamchi joylashtirilishi (ICO’ga ishora) 300 ming dollardan ko‘proq mablag‘ keltirdi. Bizning super zerikarli kepkalarimizni xarid qilganingiz uchun rahmat. Siz tom ma'noda ham, ramziy ma'noda ham zo‘rsiz. Barcha mablag‘ yanada zerikarliroq narsalarni yaratishga sarflanadi”, deb yozgan Mask.
18 oktabrda Mask Boring Company’ning kepkalarini 20 dollardan sotish kampaniyasini boshlab bergandi. Hisoblab chiqilsa, 300 ming daromad olish uchun 15 ming kepka sotilgan.
Kepkalar sotilishi boshlangan kunning ertasiga Mask kepkalarning 5 minginchi xaridorini tabriklab, unga kompaniya xodimlari dastxatlari tushirilgan yana bitta shunday kepka sovg‘a qilgan.
Boring Company kompaniyasi avtomagistrallar va boshqa transport uchun yer osti tunnellarini burg‘ilaydi. Kompaniya 2017 yil yanvarda ilk tunnelini qazishni boshlagandi.
Mavzuga oid
15:03 / 10.12.2024
Xitoy koronavirus Uhan laboratoriyasida yaratilganini rad etdi
15:02 / 10.12.2024
Olimlar ekologik toza quyosh batareyalarini ishlab chiqarish usulini topdi
20:48 / 09.12.2024
Tramp saylovda g‘alaba qozonganidan keyin birinchi marta Si Jinping bilan suhbatlashdi
19:51 / 24.04.2023